So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

La Liga. VAR tomonidan "Real"ning goli bekor qilingan o'yinda "Barselona" g'alaba qozondi Yangiliklar

La Liga. VAR tomonidan "Real"ning goli bekor qilingan o'yinda "Barselona" g'alaba qozondi

Ispaniya La Ligasida nafaqat tur, balki butun davrining markaziy uchrashuvi – "Barselona" va "Real Madrid" o'rtasidagi qarama-qarshilik yakunlandi..

"Barselona" – "Real Madrid" 2:1

Gol: 0:1 – 9, avtogol Arauxo,1:1 – 45 Serji Roberto, 2:1 – 90 Kessie.

"Barselona" – ter Stegen, Arauxo, Kristensen, Kunde, Balde, Serdji Roberto, Buskets, de Yong, Gavi, Rafinya, Levandovski.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Ryudiger, Militao, Nacho (Mendi, 62), Modrich, Kroos (Rodrigo, 62), Valverde, Kamavinga, Vinisius Junior, Benzema.

Ogohlantirishlar: Nacho (18), Rafinya (33), Serji Roberto (65), Luka Modrich (69).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+2. GOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Kessie g'alaba golini urmoqda!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

85. Asensio yana darvozani nishonga olib ko'rdi, ammo bu safar aniqlik etishmadi.

83. "Barselona"da o'zgarish: Torres Rafinyani almashtirdi. 

81. GOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Asensio tezkor qarshi hujumni ohista zarba bilan yakunlandi. Biroq VAR ofsaydni qayd etdi.


79. Benzema raqib futbolchilarining xatosidan unumli foydalana olmadi. Ter SHtegen ishonchli harakat qildi.

77. Roberto o'rniga Kessie qo'shildi.

76. "Real"da birato'la uch o'zgarish: Sebalos, Tchuameni va Asensio o'yinga qo'shildi, Kamavinga, Modrich va Valverdi maydonni tark etdi.

74. Rafinyaning zarbasidan so'ng Kurtua yana o'z mahoratini namoyish etdi.

70. Vinisiusning ikkinchi bo'limda raqib jamoaga ko'proq foydasiga tegmoqda.

69. Modrich raqib hujumini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

67. Levandovski "qaychi" uslubida o'tmas zarba yo'lladi.

65. Serji Roberto Modrich libosining sifatini tekshirib ko'rgani uchun ogohlantirildi.

63. Rodrigo maydonga tushishi bilan qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

62. "Real"da o'zgarishlar: Nacho va Kroos o'rniga Mendi va Rodrigo tushirildi.

61. Ryudiger va Kurtua "Real" muxlislari bilan hazillashdi.

59. Levandovskining zarbasi raqib futbolchisiga tegib, darvoza yonidan o'tib ketdi.

56. Valverdening havoga kuchli zarba berib, uni chap qanotga uzatdi.

54. Nihoyat, madridliklar hujumga o'tishdi. Bir necha urinishlarga qaramay, ularning zarbalari darvozabonga qadar etib bormadi.

51. Ikkinchi bo'lim boshida kataloniyaliklar "sobachka" o'yinini o'ynamoqda.

47. Valverdi qulay nuqtadan aniq zarba bera olmadi, unga pas bergan Vinisius esa ko'kragi bilan chana singari maydonda sirpandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45. GOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Serji Roberto raqib jarima maydonidagi sarosimadan foydalanib, tanaffusga ikkla jamoaning ham boshini egmasdan chiqishini taminladi.


44. Rafinyaning uzatmasidan so'ng Kurtua to'pga nisbatan bokchilarga xos harakat qiladi.

41. Nachoning chapaqay emasligi bir necha vaziyatda bilinib qolmoqda.

34. Kurtua Rafinyaning zarbasidan so'ng premiyana razigulik seyv amalga oshirdi.

33. Rafinya hisobni tenglashtirdi! Ogohlantirish bo'yicha.

31. Arauxo biroz avval uni yiqitgan Nachoning yuzini nishonga olib, o'zining alamini oldi.

O'rtadagi inson O'zbekiston — Iroq uchrashuviga borolmaganidan afsuslanganday o'tiribdi.

27. Vinisius Kundeni aldadi, Arauxodan qochdi, ammo Ter SHtegenga kelganda tutildi. 

24. Kristensinning bosh bilan yo'llagan zarbasiga raqib darvozasi torlik qildi.

20. Arauxo sherigining uzatmasidan so'ng raqib jarima maydonida Ramos bo'lolmadi.

18. Nacho butsasining tishlari Arauxoning oyog'ini "tishlab oldi", hakam esa ispaniyalik himoyachini ogohlantirdi.

17. Vinisius chap qanotdagn oldinga bordi va Benzemaga uzatma amalga oshirgach, "Aka, kechiring" deb qo'ydi.

14. Benzema chap oyoqda yo'llagan zarbasi bilan Kundeni nokdaunga uchratdi.

13. Levandovskining zarba beraman deya to'pga oyog'ini ko'tardi va bir lahzadan so'ng to'p o'rniga o'sha nuqtada paydo bo'lgan Karvaxalning oyog'ini tepdi.

9. GOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Arauxo hisobni ochdi, ammo "Real" oldinga chiqib oldi. Vinisiusning uzatmasidan so'ng urugvaylik himoyachi kalla qo'ydi.


7. Ryudigerning o'z jarima maydonidagi qaytargan to'pi raqib darvozasi tomon zarbaga aylanib ketdi.

6. Rafinyaning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng Kurtua sakrab, to'pning jag'iga musht tushirib, uni olisga uchirib yubordi.

3. Levandovskining dastlabki urinishini Kurtua yo'qqa chiqardi. Bugun o'yin tempi uyqularni qochirib yuboradiganga o'xshayapti. 

1. Qo'lida o'zidan katta kamerani ko'tarib olgan operatorni stadiondan chiqib ketishini kutishda va Benzemani to'pga birinchi bo'lib tegindi, shu so'zni yozib bo'lgunimcha, Karim birinchi zarbani yo'llashga ham ulgurdi.

Bugun "Barselona" ko'k-qizil, "Real" esa oq rangli libosda harakat qiladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va irqchilikka qarshi banner yonida birgalikda suratga tushishdi.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика