So’nggi yangiliklar

23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5

La Liga. "Barselona" o'z uyida "Osasuna"ga engildi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" o'z uyida "Osasuna"ga engildi

Ispaniya chempionati 37-turidan joy olgan "Barselona" - "Osasuna" uchrashuvi matnli translyaciyasni shu erda kuzatib bordingiz.


Barselona – Osasuna 1:2 

 «Kamp Nou»

Gollar: 0:1 – 15 Arnais, 1:1 – 62 Messi, 1:2 – 90 Roberto Torres..

Barselona – ter SHtegen, Firpo (Alba, 79), Semedu (Vidal, 59), Langle, Serxi Roberto, Rakitich (Buskets, 67), Puch (de Yong, 79), Fati, Pike, Messi, Breytueyt (Suares, 59).

Osasuna – Errera, Navas, David Garsiya, Vidal, Aridane, Brashanac (Oyer Sanxurxo, 46), Inigo Peres, Arnais (Galego, 71), Monkayola (Roberto Torres, 85), Estupinyan (Toni Lato, 90), Adrian (Barxa, 70).

Ogohlantirishlar: Semedu (54), Rakitich (57), Estupinyan (63), Pike (69), Firpo (75).

CHetlatish: Galego (77).


Uchrashuv yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Torres "Barsa" darvozasini ishg'ol etdi - 1:2!

90+2. "Osasuna"da o'zgarish: Estupinyan o'rniga Lato tushirildi. 

Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shildi. 

90. "Barselona" to'pga egalik qilishda davom etmoqda. 

89. Albadan uzatma, ammo Ernandes o'z vaqtida hujumga qarshilik qilib, to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. 

87. Messi 3 kishini aldab o'tmoqchi bo'ldi. 2 tasini aldadi, ammo 3-si Leoni to'xtatdi.

86.  "Osasuna" hujum uyushtirdi, Serxi Roberto qarshilik ko'rsatdi. 

85. "Osasuna"da o'zgarish: Monkayola o'rniga Torres tushdi. 

84. "Vilyarreal" "Real"ga gol urdi, u erda xisob - 2:1.

82. Albadan ajoyib uzatma, mehmonlar sal qolsa o'z darvozalariga to'p kiritib qo'yishiga oz qoldi, Errera o'z vaqtida to'p yo'lini to'sdi.

81. Raul Navas mezbonlar hujumining oldini oldi.

79. "Barselona"da 2 ta o'zgarish: Firpo o'rniga Alba, Puch o'rniga de Yong tushirildi.  

78. "Real" "Vilyarreal"ga ikkinchi golni urdi va chempionlik masalasini deyarli hal etdi. 

77. Hakam VARga murojaat qildi va Galegoga sariq emas, qizil berishga qaror qildi. 

76. Galego Langlega nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.

75. Firpo raqibga ortdan zarba bergani bois sariq kartochka oldi. U ham rasman keyingi o'yinda qatnashmaydi.

73. Enrik Galego Kleman Langleni itarib yubordi, jarima to'pi belgilandi. 

72. Arturo Vidal raqib hujumini qaytarib qolishga erishdi. 

71. "Osasuna"da 2 ta o'zgarish: Adrian va Arnais o'rniga Barja va Galego tushishdi.

69. Pike norozilik harakatlari uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. Endi u ham so'nggi tur bahsini o'tkazib yuboradi. 

68. Suares gol urdi, ammo hisoblanmaydi. CHunki ofsaydda qolgani malum qilindi. 

67. "Barselona"da o'zgarish: Rakitich o'rniga Buskets tushdi.  

66. Buskets maydonga tushishiga tayyorlanmoqda. Puch o'zgartirilsa kerak.

64. Pervis Estupinyan hakam bilan bahslashgani uchun sariq kartochka oldi.

62. GOOOOOOOOOOOOOL!  Messi o'zining dahshatli zarbasi bilan jarima zarbasini golga aylantirdi - 1:1! 

58. "Barselona"da 2 ta o'zgarish: Semedu o'rniga Vidal,  Breytueyt o'rniga Suares o'yinni davom ettiradi. 

57. Endi Rakitich ogohlantirish oldi. U Arnaisni yiqitgani uchun jazolandi.  Endi xorvat keyingi tur o'yinini o'tkazib yuboradi. 

55. Semedu qo'polligi uchun sariq kartochka ishlab oldi.

54. Uuuux! Errera o'z vaqtida darvozadan chiqib keldi va Messining yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

52. Zarbalar bo'yicha hisob - 10:6. "Barsa" foydasiga.

51. Fati Firpo bilan kombinaciya uyushtirdi va noaniq zarba yo'lladi.

50. Rakitich yiqitildi. Jarima zarbasini Messi tepdi, ammo yana noaniq. 

48. Breytueyt gol urdi, biroq Messi ofsaydda ekanligi bois bekor qilindi. 

46. "Osasuna"da o'zgarish: Brashanac  o'rniga Oyer tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

WhoScored: birinchi bo'lim uchun qo'yilgan baholar

Birinchi bo'lim tugadi. 

45+5. Brashanac jarohat olgan, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

45+3. Qo'shib berilgan vaqtning so'nggi soniyalari o'tib boryapti. "Barsa" zarba berishga imkon qidirmoqda. Pas-pas-to'p yo'qotish. Yana pas-pas... 

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

43. Estupinyan sal qolsa o'z darvozasiga gol urib qo'yardi. Ikkinchi qavatda g'olib chiqishni istadi va avtogol qayd etishiga oz qoldi.  

39. Messi va Breytueyt o'zaro devor uslubida o'ynashdi. To'p Messining zarbasidan keyin "rikoshet" orqali noaniq ko'rinish oldi.

37. Errera "Barsa" hujumini bartaraf etish uchun to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

34. Davom etamiz. "Osasuna" erkin zarbadan o'yinni boshlaydi. 

33. O'yin to'xtatildi. Futbolchilar suv ichib olishlari mumkin. 

Suares, Alba va Vidalga "Real" gol urgani haqidagi xabar etib keldi 

32. Uuuux! Messining jarimadan yo'llagan zarbasi xavfli, biroq noaniq. 

30. Peres ter SHtegenni jazolashga urindi, ammo posbonning ustidan to'pni oshira olmadi.  

26. "Barselona" burchak zarbasidan to'pni o'yinga kiritdi. To'p hatto ter SHtegengacha etib keldi. 

24. Breytueyt boshi bilan sherigiga pas berishga harakat qildi, ammo to'pni raqiblao olib qo'yishdi. 

22. "Barselona" jarima zarbasiga ega bo'ldi, ijrochi - Messi. Uning zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi. 

20. "Barsa" "Osasuna"ning yana bir xavfli hujumini qabul qilib oldi.  

18. Fati raqib hujumini oldini olish maqsadida to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga majbur bo'ldi. 

16. GOOOOOOOOOOOOOL!  Estupinyanning uzatmasidan keyin Arnais "Barsa" darvozasigi to'p kiritdi - 0:1! 

14. Semedu Fatiga to'pni uzatdi, ammo u to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi. 

12. Semedu raqib qarshi hujumini o'qiy oldi va o'z vaqtida xavning oldini olishga erishdi. 

11. Inigo Peres Fatini yiqitdi, jarima to'pi.  

10. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 71% - 29%

7. Uuuuxx! Endi navbat Langleda! Uning uzoqdan yo'llagan zarbasi juda xavfli ko'rinish oldi. 

6. Xavfli vaziyat! "Barsa" sobiq futbolchisi Xose Arnais uzoq masofadan zarba yo'lladi, ter SHtegen bir amallab qaytardi. 

4. "Barselona"da dastlabki jarima zarbasi. Taxminan 40 metrli masofadan Messi uzatmani amalga oshirdi, biroq hech kim topilmadi. 

1. O'yin boshlandi! 

Tarkiblar malum qilindi

Bahs 00:00da boshlanadi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "Barselona" La Liga 37-turida "Kamp Nou"da "Osasuna"ni mehmon qiladi. Ushbu o'yinni yaqin 2 slat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика