So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  59 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  25 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  2 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   14 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  9 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

La Liga. "Barselona" - "Atletiko" o'yini jangovar durang bilan yakunlandi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" - "Atletiko" o'yini jangovar durang bilan yakunlandi

La Liganing 33-turi doirasida "Barselona" hamda "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

La Liga. 33-tur.

"Barselona" - "Atletiko" 2:2

Gollar: 1:0 – 11, avtogol Diego Kosta, 1:1 – 19, penalti Saul, 2:1 – 50, penalti Messi, 2:2 – 62, penalti Saul.

"Barselona" – ter Stegen, Semedu, Pike, Langle, Alba, Rakitich (Serdji Roberto, 63), Buskets (Fati, 85), Puch, Vidal (Grizmann, 90), Suares, Messi.

"Atletiko" – Oblak, Felipe, Ximenes, Aryas, Lodi, Saul, Ferreyra Karrasko (Lemar, 85), Lorente (Joau Feliks, 69), Tomas, Korrea (Vitolo, 84), Diego Kosta (Morata, 76).

Ogohlantirishlar: ter Stegen (17), Pike (18), Saul (35), Felipe (51), Messi (61), Diego Kosta (75), Ferreyra Karrasko (80).



LA LIGA JADVALI


MATNLI TRANSLYACIYA


90+4. Uchrashuv yakunlandi! Hisob 2:2.

90+3. Mezbonlar jon-jahdlari bilan oldinga borishmoqda.

90. Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 4 daqiqa qo'shib berdi. 

90. Vidal o'rniga Grizmann maydonga tushirildi. 

89. "Barselona" hujum qilishda davom etmoqda. 

85. Buskets o'rniga Fati maydonga tushdi. 

85. Karrasko maydonni tark etdi. Uning o'rniga Toma Lemar maydonga tushirildi. 

84. Korrea o'rniga Vitolo uchrashuvni davom ettiradi. 

80. Karrasko Messiga qarshi o'yin qoidasini buzdi va ogohlantirildi. 

77. Diego Kosta o'rniga Alvaro Morata o'yinni davom ettiradi. 

75. Diego Kostaga sariq kartochka ko'rsatildi. 

69. Lorente o'rniga Feliks maydonga tushdi. 

69. Messining burchakdan oshirib bergan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. Pike raqib himoyachisi bilan to'qnashdi. "Barsa" futbolchilari esa penalti talab qilishmoqda. 

67. "Barselona" qarshi hujum uyushtirishga uringandi. Biroq "Atletiko" futbolchilari bunga imkon berishmadi. 

63. Rakitich o'rniga Serxi Roberto maydonga tushirildi. 

62. GOOOL!!! Saul ikkinchi golni kiritmoqda. Ter SHtegen to'p yo'nalishini topa olgandi, biroq zarbaning kuchi hisobiga to'p darvozaga kirdi. 2:2!

61. Yana penalti. Yana Karrasko "Barsa" jarima maydoni ichida yiqitildi.

56. Kosta havfli vaziyat yuzaga keltirgandi. Biroq vaziyat gol bilan yakunlanmadi.

52. Ushbu gol Messi uchun faoliyatidagi 700-gol sifatida tarixga kirdi. Nihoyat kiritildi o'sha gol!

51. Felipe Busketsga qarshi o'yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi. 

50. GOOOL! Messi penaltini panenka uslubida aniq amalga oshirdi. Hisob - 2:1! 

48. Semedu "Atletiko" jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Bu simulyaciyaga o'xshadi. Penalti!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


TANAFFUS!


45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+3. Karrasko bugun ancha faol.

45. Birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 4 daqiqa qo'shib berildi. 

42. Messidan ajoyib jarima zarbasi! Oblak ham shunga monand ravishda ajoyib seyv namoyish etdi!

37. "Atletiko" oldinga borgandi. Ammo hujum to'pni Ter SHtegen egallab olishi bilan tugadi.

32. O'yin davom etadi. 

31. Hakam kichik tanaffus elon qildi. Futbolchilar tomoqlarni xo'llab olishmoqda. 

30. Messining bergan zarbasi noaniq bo'ldi. 

27. Mezbonlar hujum qilishmoqda. 

24. Aytgancha, ayni paytda saytimiz orqali yana ikki o'yindan matnli translyaciya olib borilmoqda. Orada ushbu sahifalarda ham o'yinlardan ONLAYN ravishda xabardor bo'lib turishingiz mumkin. 


"Brayton" - "Manchester Yunayted" LIVE

"Jenoa" - "Yuventus" LIVE


23. Zarbaaa! Messining chap oyoqda aylantirib bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi. Sal qolishiga sal qoldi. 

22. Muvozanat tenglashdi. "Barsa" yana oldinga bormoqda.

19. GOOOL! Saul penaltini aniq amalga oshirdi! Hisob 1:1!

17. Qiziq. Kosta zarba berayotgan paytda Ter SHtegen chiziqdan oldinga chiqib ketgan ekan. Penalti boshqattan tepiladi. 

16. Zarbaaa! O'z darvozasiga gol kiritib qo'ygan Kosta endi penaltidan foydalana olmadi. Ter SHtegen to'pni qaytardi. 

15. Penalti! Karraskoning amalga oshirgan reydi "Barsa" jarima maydonchasida o'yin qoidasi buzilishi bilan yakunlandi. Vidal Karraskoni yiqitdi. "Barselona" darvozasiga penalti tepiladi. 

12. GOOOOL! Diego Kosta kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. 

8. Zarbaaa! Rakitichning o'ng oyoqda bergan zarbasini Oblak qaytarib yubordi. 

6. Xavfli vaziyattttt!!! "Atletiko" futbolchisining jarimadan bergan zarbasi yo'nalishini Diego Kosta biroz o'zgartirib, o'yinda hisobni ochishi mumkin edi. Ammo, Diegoga biroz omad etishmadi. 

5. Darvoqe, o'yin haqidagi o'z taxminlaringizni yozib qoldiring. Uchrashuv yakunida to'g'ri javob egalarini elon qilamiz.

3. Lorente va Alba o'rtasida kichik to'qnashuv sodir bo'ldi. O'yin boshidagi bunday kurashlar albatta bizga ajoyib o'yinni vada qilmoqda! 

1. Uchrashuv boshlandi. O'yinni madridliklar boshlab berishdi.

Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Ispaniya chempionati 33-turi doirasida o'tkaziladigan "Barselona" hamda "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi o'yindan matnli translyaciyani boshlaymiz. 


O'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.  

Barcelona

Diego Costa - 11', Lionel Messi - 50'

LaLiga . 33-tur

01/07/2020, 02:00

2
:
2
Tugadi

Atletico Madrid

Saul Niguez - 19', Saul Niguez - 62'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45'
90'
11'  Diego Costa
17'  Marc-Andre ter Stegen
18'  Gerard Pique
50'  Lionel Messi
61'  Lionel Messi
63'  Ivan Rakitic (Sergi Roberto)
85'  Sergio Busquets (Ansu Fati)
90'  Arturo Vidal (Antoine Griezmann)
16'  Diego Costa
19'  Saul Niguez
35'  Saul Niguez
51'  Felipe
62'  Saul Niguez
69'  Marcos Llorente (Joao Felix)
75'  Diego Costa
76'  Diego Costa (Alvaro Morata)
80'  Yannick Carrasco
84'  Angel Correa (Vitolo)
85'  Yannick Carrasco (Thomas Lemar)
90'  Thomas Lemar

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика