So’nggi yangiliklar

21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  9 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  3 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   4 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  5 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  3 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  3 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  7 17:12Италиялик мутахассис: "Миллий терма жамоадаги имконият учун Фабио Каннаваро ва ЎФАга миннатдорчилик билдираман"  4 16:54"Барселона" 2005 йил "Бернабеу"даги тарихий ғалабага бағишланган 4-комплект формасини тақдим этди  6 16:05"Globe Soccer Awards" йилнинг энг яхши футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди — олти карра совриндор Роналду рўйхатдан жой олмади  22

La Liga. "Barselona" o'z maydonida "Atletik" ustidan qiyin g'alabaga erishdi, Yamal gol urdi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" o'z maydonida "Atletik" ustidan qiyin g'alabaga erishdi, Yamal gol urdi

La Liganing 2-turi doirasidagi "Barselona" - "Atletik Bilbao" uchrashuvi yakunlandi.

Barselona – Atletik Bilbao 2:1

Gollar: 1:0 – 24 Yamal, 1:1 – 42, penalti Sanset, 2:1 – 75 Levandovski.

24 avgust, 22:00, "Olimpik Lyuis Kompanis"

Barselona – ter Stegen, Balde (Martin, 90+1), Martines, Kubarsi, Kunde, Pedri, Bernal (Erik Garsiya, 83), Ferran Torres (Lopes, 63), Rafinya, Yamal (Viktor, 90+1), Levandovski.

Atletik – Padilya, Berchiche, Yeray Alvares, Vivian, Lekue, Prados (Errera, 78), Vesga (Xauregisar, 63), Uilyams, Sanset (Unai Gomes, 62), Berenger (Ares, 72), Uilyams (Guruseta, 78).

Ogohlantirishlar: Yeray Alvares (38), Kubarsi (41), Bernal (49), Berenger (56), Levandovski (85), Lekue (87), Lopes (90+6), Xauregisar (90+6), Errera (90+6).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

85. Bugun hamma narsaga erishgan Levandovski o'z hisobiga sariq kartochka ham yozdirib qo'ydi.

75. GOL! Levandovskining ikki zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytgandi, uchinchisi to'rga borib tushdi. CHap qanotdan boshlangan hujum Pedrining zarbasi bilan davom etdi, darvozabondan qaytgan to'pni polshalik forvard darvozaga aniq yo'lladi.


74. "Atletik"ning standarti zarba bilan yakunlandi. Ter Stegen o'z o'rnida.

66. Xavfli vaziyat! Nikoning raqib jarima maydonidan yo'llagan aylanma zarbasi o'zi kutganchalik muvaffaqiyatli chiqmadi.

64. Xavfli vaziyat! Padilyadan dahshatli seyv! "Atletik" posboni o'z jarima maydonida qanotdan kelgan uzatmaga to'xtatmasdan kuchli zarba yo'llagan Levandovski tepgan to'pni qaytardi.

60. Xavfli vaziyat! Sansetning parashyut uslubida yo'llagan zarbasi ter Stegenga noqulaylik tug'dirdi, nemis posboni qo'llari bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

57. Xavfli vaziyat! Uchrashuvda ikkinchi marotaba Levandovskining zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.


52. Rafinya o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. Bir daqiqadan so'ng Ferran shu vaziyatga tushib qoldi.

49. Bernal o'zidan o'tib ketgan Sansetni to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

42. GOL! Sanset penaltidan hisobni tenglashtirdi. O'zidan o'ng tomonga tashlangan Ter Stegen to'p yo'nalishini topa olmadi.


41. "Barselona" darvozasi tomon penalti belgilandi.

39. Levandovski raqib jarima maydonida yiqitildi, keyingi hujumda esa "Atletik" futbolchisi yiqitildi. VAR vaziyatni ko'rib chiqadi.

38. Yeray ogohlantirildi.

36. Xavfli vaziyat! Rafinyaning pasidan so'ng Levandovskining jarima maydonidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

33. Jamoalar tomoq ho'llab, murabbiylardan ko'rsatmalar olishdi.

30. Ferran raqib darvoazboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, biroq u tomon uzatilgan to'pga Padilya birinchi bo'lib etib keldi.

27. Xavfli vaziyat! Niko Uilyams chapqanotdan sherigiga xavfli uzatma amalga oshirdi, biroq jamoadoshi biroz kechikdi, aks holda hisob tezda tenglashishi mumkin edi.

24. GOL! Yamal olis masofadan chap oyoqda raqib darvozasining uzoq pastki burchagini aniq nishonga olib, hisobni ochdi. To'p yo'l-yo'lakay rekoshet hosil qilib, darvoza to'ridan o'rin oldi.


21. Xavfli vaziyat! Niko Uilyams chap qanotda bir raqibini aldab o'tib, kuchli zarba yo'lladi, ammo to'p raqib himoyachisiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

18. Xavfli vaziyat! "Atletik"ning burchakdan yo'llagan uzatmasi zarba bilan yakunlandi. Vivian zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

15. Yamal raqibini aldab o'tdi, biroq shu harakati uchun yiqitildi.

12. "Barselona" pressing natijasida yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq so'nggi lahzada mehmonlar himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

11. Ferran Torres uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, uning tepgan to'pini Padilya egallab oldi.

4. Uilyamsga nisbatan maydon markazida qo'pollik ishlatildi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Barselona" binafsharang-qizil, "Atletik" pushti rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика