So’nggi yangiliklar

17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  0 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  3 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  4 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  10 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  2 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  4 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  13 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  20 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  5 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  4 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  6 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0

La Liga. "Barselona" "Atletik"ni engdi va 3-o'ringa ko'tarildi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" "Atletik"ni engdi va 3-o'ringa ko'tarildi

Ispaniya chempionatining 2-turi doirasidagi qoldirilgan o'yin matnli tranlyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Atletik – Barselona 2:3 

«San Mames»

Gollar: Uilyams 3', Muniain 90' - Pedri 14', Messi 38', 62'

Atletik – Unai Simon, Martines, Berchiche (Balensiaga, 32), Nunes, De Markos (Berenger, 65), Raul Garsiya (Morsilo, 80), Vesga (Garsiya, 65), Muniain, Vensedor, Kapa, Uilyams.

Barselona – ter SHtegen, Alba, Dest (Mingesa, 75), Langle, Arauxo, de Yong, Buskets, Pedri, Dembele (Breytueyt, 75), Grizmann, Messi.

Ogohlantirishlar: Vesga (27), Langle (57), Garsiya (70). 

Bahs yakunlandi. "Barselona" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz. Xizmatingizda SHerzod Nurmatoav bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL!  Muniain jamoasiining ikkinchi golini urdi – 2:3! 

88. Uuux!  Grizmann Messiga pas berdi, Leoning zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'lgan Nunes jamoasiga ishonch taqdim etdi. 

85. Arauxo!  Himoyachi o'z jamoasi joniga ora kirdi. Muniain deyarli bo'shliqqa ega bo'lgandi.

84. Messi to'p yo'qotilgach pressinggi kirishdi va qoidani buzdi.

82. Antuan Grizmann ijrosida yaxshi zarba, darvozabon o'z o'rnida! 

80. "Atletik"da almashtirish: Raul Garsiya o'rniga Morsilo maydonga tushdi. 

77. Ter SHtegen tezkorlik bilan to'pni o'yinga kiritib berdi. To'p uning sheriklargi etib bormadi, hakam basklar tomonidan qo'l bilan o'ynalganini aytdi.

75. "Barselona"da 2 ta o'zgarish: Dest o'rniga Mingesa, Dembele o'rniga Breytueyt o'yinni davom ettiradi. 

72. Uuuuuxx!  Messining zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi! 

70. Messi tezkorlik bilan oldinga borayotgandi, biroq Garsiya uni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. O'yinchiga sariq kartochka ko'rsatildi. 

66. Hozirgina maydonga tushgan Berenger basklarning keyingi hujumida ishtirok etdi, uch himoyachi qurshovida qoldi va to'pni oldirdi. 

65. "Atletik"da 2 ta almashtirish: Vesga o'rniga Garsiya, De Markos o'rniga Berenger tushirildi. 

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Messidan dubl va 1:3!   Grizmann Messiga pas berdi, Leo esa katta tezlikda oldinga bordi va darvozani ishg'ol qildi.

59. Zarbaaaa! Messining aylantirma zarbasi darvoza ustuniga tegdi! 

57. Kartochkalar bo'yicha hisob tenglashdi – 1:1. Langle sportga xos bo'lmagan harakati uchun ogohlantirildi.

55. Raul Garsiya Muniain bilan o'zaro pas o'ynishga urindi, ammo xatolikka yo'l qo'ydi.

54. VAR ofsayd bor yoki yo'qligini tekshirdi. Ha, Messining elkasi oldinga chiqib ketgan ekan.

53. Messi birga-bir holatdan gol urishga sazovor bo'ldi, ammo uni nishonlay olmaydi, sababi ofsayd kuzatildi. 

51. Xavfli vaziyat!  Balensiaga chap qanotdan qoyilmaqom uzatmani amalga oshirdi, Uilyamsning zarbasidan so'ng "Barsa"ning omadi evaziga to'p darvozadan joy olmadi. 

49. "Barselona"ning o'zin chizgisi 4-2-4 ga o'xshaydi. Markazda kam kishi paydo bo'ladi, lekin hujumda ko'pchilikni tashkil etadi.

47. Grizmanning bo'yi ozigani kaltalik qildi. Pedrining zarbasidan keyin Antuan to'pga boshi bilan intildi, biroq buni bajara olmadi.  

46. Ikkichni bo'lim boshlandi! 

WhoScored: birinchi bo'lim uchun futbolchilarga qo'yilgan baholar

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:2. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 44% – 56%

43. Uuuuux!  Messining o'tkir burchak tomon yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi.

40. Zarbaa!  Grizmanning kuchli zarbasini yana o'sha Simon qaytardi!  Sal oldinroq esa ofsayd kuzatilgan ekan, o'yin to'xtatildi. 

38. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL!   Messi hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi!  Pedri uni to'p bilan taminlagandi. 

34. Zarbaaa!  Messi o'zining ajoyib harakatlaridan keyin Pedriga pas berdi, u esa o'ng qanotdagi Dembelega uzatdi, Usmonning chap oyoqdagi mohirona zarbasini Simon birinchi urinishda qo'ldan chiqarib yuborib, ikkinchi harakatda ushlab oldi. 

32. "Atletik"da o'zgarish: Berchiche o'rniga Balensiaga tushdi.  

30. Berchiche jarohat oldi va almashtiriladi. 

29. Dembele Dest tomon juda kuchli pas berib yubordi. Simon birinchi bo'lib ulgurdi. 

27. Vesga Dembelega nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. 

25. Raul Garsiya va Buskets to'p uchun kurashda to'qnashdi. Ikkisi ham to'pga intilgandi.

24. Yana bir burchak to'pi, ortidan esa ofsayd. Messi chapdan burchak to'pini o'yinga kiritdi. SHundan so'ng Busketsdan uzatma qabul qildi, ammo Leo o'yindan tashqari holatda qoldi. 

23. Alba o'tkir burchakdan zarba berdi. Ushbu zarbani Simon qaytarishga erishdi. 

20. Raul Garsiya va de Yong hakamga etiroz bildirdi. Birinchisi qoida buzmaganini aytayotgan bo'lsa, ikkinchisi nega buncha kech hushtak chalganini so'rayapti. Markazda jarima to'pi, "Barsa" foydasiga. 

19. Dembele tezlikda Berchichedan o'zib ketdi, ichkariga oshirgan uzatmasi esa aniq chiqmadi. Vensedor qarshi hujumga o'tib keta olmadi, "aut".

16. "Barselona" bosim uyushtirmoqda va ketma-ket burchak to'plariga ega bo'lyapti. 

14. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL!  Pedri hisobni tenglashtirdi – 1:1!   Messi ajoyib kroosni amalga oshirib, de Yongni to'p bilan taminladi, uning uzatmasidan keyin Pedri to'pni bosh bilan bergan zarbasi orqali darvoza to'riga joylab qo'ydi.  

11. Jamoalar bugun himoya va markazsiz harakatlanishmoqda. Muniain vaziyat yaratishga harakat qildi, u tepgan to'p Arauxoga tegib qoldi, undan so'ng to'p Destning qo'liga tegdi, biroq masofa yaqin edi. Hakam ham shu vaziyat yaqinida edi. 

8. Dembele raqib maydoni tomonda alo harakat qildi va Martinesdan o'tib ketmoqchi bo'ldi, u esa franciyalikka nisbatan qo'pollik ishlatdi, hakam jim.

7. Zarbaaaa!  Dembele Grizmanni oldinga boshladi, u esa Destni qulay imkoniyatga olib chiqdi, yani qulay zarba nuqtasiga, uning yo'llagan zarbasini Simon qaytardi. 

6. Uuuux!  Kataloniyaliklar hujumda to'pni yo'qotishdi va tezkor qarshi hujum qurboniga aylanishdi. Uilyams bu gal o'zi emas sherigi Berchichega zarba berish imkoniyatini taqdim etdi, xavfli, biroq noaniq. 

3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!  Inyaki Uilyams qiyinchiliksiz ichkariga krirb bordi va Langleni osonlikcha chalg'itib, ter SHtegen darvozasini ishg'ol etdi – 1:0! 

2. Bahsni mezbonlar boshlab berishdi va haligacha to'pni o'zlarida saqlab turishibdi. 

1. Uchrashuv start oldi! 

CHigil yozdi mashg'ulotlar olib borildi 

"San Mames" to'qnashuvga tayyor! 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun La Liga qoldirilgan 2-tur o'yinida "Barselona" "San Mames"da Bilbaoning "Atletik" klubi mehmoni bo'ladi. Ushbu bahsni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика