So’nggi yangiliklar

20:20Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Тожикистонни мағлуб эта олмади  0 20:18"Вулверхэмптон" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  1 20:15"Насаф" — "Шўртан" 0:0 (матнли трансляция )  4 20:13"Нефтчи" 14 йилдан сўнг Наманганда "Навбаҳор"ни ютди  3 20:05Суперлига. 100 дақиқа давом этган водий дербисида "Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  71 20:00Суперлига. "Динамо" – ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  12 18:54"Аталанта" "Манчестер Юнайтед" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 18:24"Тоттенхэм" — "Бёрнли". Кайл Уокер асосий таркибда  2 16:09"Арсенал"нинг янги мавсумдаги сардори ким бўлади?  1 15:33"Барса" Рэшфордни рўйхатдан ўтказди. МЮдан ижарага олинган ҳужумчи 1-турда "Мальорка" билан ўйнаши мумкин  7 15:02МЮ 115 млн фунтлик трансфердан воз кечди  5 14:31"Галатасарой" Эдерсоннинг трансфери бўйича "Ман Сити" билан расмий музокараларни бошлади  4 14:00Игорь Шквирин: "Бизга хорижлик мураббий керакми-йўқми? Қарорни ҳозир қабул қилиш лозим. Кападзеда тажриба кам, аммо..."  32 13:30Суперлига. "Нефтчи" учун Наманган — "қўрқинчли" маконми?  12 13:16"Рома" Конени "Интер"га сотмайди. Гасперини хавбекка умид қилмоқда  0

KXDR bosh murabbiyi: "Ertangi o'yinda asosan yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazamiz" Yangiliklar

KXDR bosh murabbiyi: "Ertangi o'yinda asosan yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazamiz"

Ertaga o'tkaziladigan O'zbekiston hamda KXDR terma jamoalari o'rtasidagi o'yin oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Yung Jang Sung ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Yung Jang Sung OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.

"BAAdagi Osiyo kubogidan so'ng ilk marotaba o'yin o'tkazamiz. Tarkibimizda o'zgarishlar bo'ldi. O'ylaymanki, ushbu o'yin har ikki jamoa uchun foydali bo'ladi", - deb so'z boshladi murabbiy. 


-Jamoa 140 kun ichida o'ynamadi. Ertangi o'yinga jamoa qay darajada tayyor?

-To'g'ri, biz Osiyo kubogidan so'ng umuman o'ynamadik. Asosan o'zimizda mashg'ulotlar o'tkazdik. Tarkibimizda yangi nomlar bor. O'zgargan


-Osiyo Kubogida sharmandali natija qayd etdi. Bugungi kunda rahbariyat murabbiy oldiga qanday vazifa qo'ygan? Terma jamoa buni qay darajada uddalay oladi? 

-Rahbariyat oldimizga qo'ygan asosiy vazifalardan biri - JCH saralash bosqichiga yaxshi tayyorgarlik ko'rib, muvaffaqiyatli ishtirok etishdan iborat. 





-O'zbekistonga qarshi o'yinda murabbiy uchun natija muhimmi yoki unda yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazish asosiy maqsadmi?

-Oldinda turgan o'yinda natija biz uchun muhim emas. Asosan yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazishni maqsad qilganmiz. Ushbu tarkibga mahalliy futbolchilarni jalb etganman. Aytganimdek, asosiy maqsadimiz JCH saralashiga munosib tayyorlanish.


-Ertangi o'yinda futbolchilarga motivaciya bera oladigan omil bormi?

-Mazkur uchrashuvda nima motivaciya bo'la oladi? Ertaga biz asosan yangi futbolchilarga ishonch bildiramiz. Ularning maqsadi jahon chempionatiga chiqish. Ular o'zini ko'rsatishi lozim. Aynan shu motivaciya vazifasini bajaradi. 


-KXDR o'rtoqlik o'yinlari uchun kuchli raqib topishga qiynaladimi?

-Biz terma jamoani yiqqanimizga 20 kun bo'ldi. Jamoa yangidan qurilmoqda. Biz MTJ uchun yangi futbolchilarni selekciyasi bilan shug'ullanmoqdamiz. 


Aziz To'xtamurodov yozib oldi

Foto: Tolibjon Qosimov, Jahongir Fayzullaev



Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика