Kvaracxeliya "Manchester Siti" etiboriga tushdi
18 jan 2023 16:37
Yangiliklar
Kvaracxeliya "Manchester Siti" etiboriga tushdi
"Manchester Siti" "Napoli"ning gruziyalik futbolchisi Xvicha Kvaracxeliyaga etibor qaratmoqda.
Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, futbolchi to'p bilan harakat qilganda qo'rqmasdan va jozibador o'ynashi tufayli A Seriya va CHempionlar Ligasining joriy mavsumidagi o'yini bilan ingliz klubining etiborini tortgan.
Kvaracxeliya "Napoli" safida 2022 yilning yozidan buyon to'p tepib keladi. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
21 yoshli gruziyalik joriy mavsum neapolliklar safida 20 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko'ra futbolchining narxi 60 million evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar