So’nggi yangiliklar

16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  2 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 15:45ЖЧ-2026 саралаши. Япония - Австралия (Матнли трансляция)  4 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  5 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  30 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  25

Kvalyarella afsonalar qatoriga qo'shildi, Mourinyudan rekord Yangiliklar

Kvalyarella afsonalar qatoriga qo'shildi, Mourinyudan rekord

FIFA kunlari tufayli Italiya chempionatida qisqa tanaffus yuzaga keldi.

A Seriya muxlislarining etiboriga top-liganing 7-turidan keyin paydo bo'lgan bazi qiziqarli malumotlarni taqdim qilamiz.

"Napoli" tarixda 2-bor A Seriya startidagi 7 uchrashuvni yutdi. Birinchisi – 2017/18.

"Napoli" Italiya chempionati doirasidagi qatorasiga 33-o'yinda gol urdi – bu klub rekordi.

Luchano Spalletti faoliyatida ilk bor chempionat startidagi 7 bahsni yutdi. 

"Milan" g'alaba uchun 3 ochko berish boshlangan davrdan beri (1994-95) 2-bor A Seriyaning dastlabki 7 turida 19 ochko to'pladi. Birinchisi 2003/04 yilgi mavsumda ro'y bergan, o'shanda "rossonerilar" chempion bo'lishgandi.

"Milan" A Seriyaning qatorasiga 12-o'yinida mag'lub bo'lmadi: 10 g'alaba, 2 durang.

"Inter" qatorasiga 26-o'yinda gol urdi – bu klub rekordi.

"Inter" qatorasiga 12-o'yinda maydonni kamida 2 gol bilan tark etdi. Bu klub rekordi.

Edin Jeko chempionatning dastlabki 7 turida "Inter" uchun 6 ta gol urdi. Bu Ronaldo Nazariu davridan beri ilk marta (1997/98).

"Fiorentina" "Napoli"ga qarshi o'tgan so'nggi 13 o'yinning faqat bittasida g'alaba qozongan.

"Roma" 2017 yilning oktyabr oyidan beri ilk bor qatorasiga 11 o'yinda gol urdi.

"Roma" "Empoli" bilan o'tgan oxirgi 11 o'yinda engilmadi.

"Roma" hech qachon Rimda "Empoli"ga imkoniyatni boy bermagan: 12 g'alaba, 2 durang.

"Roma" o'z uyida o'tgan so'nggi 6 o'yinning barchasini yutdi. Bunaqasi 201 yildan buyon ilk bor sodir bo'ldi.

Joze Mourinyu boshqaruvidagi klublar A Seriya doirasida o'tgan qatorasiga 42-uy o'yinida yutqazmadi. Bu g'alaba uchun 3 ochko berish boshlangan davr (1994-95) uchun rekord.

"Yuventus" mart oyidan beri ilk bor o'z darvozasidan gol o'tkazmay, g'alaba qozondi.

"Yuventus" oxirgi 31 Turin derbisining faqat bittasida yutqazgan.

"Yuventus" "Torino" maydonida o'tgan qatorasiga 14-o'yinda gol urdi.

"Lacio" chempionat startidagi 7 o'yinning barchasida o'z darvozasidan to'p olib chiqdi.

"Atalanta" "Milan"ga qarshi Bergamoda o'tgan so'nggi 6 o'yinning faqat 1 tasida 3 ochko olgan.

"Bolonya" 2000/01 yilgi mavsumdan beri ilk bor chempionat startidagi 7 turda 12 gol urdi.

"Verona" A Seriya tarixida 3-bor to'rtta gol farqi bilan g'alaba qozondi.

"Verona" so'nggi 16 o'yinda birinchi marta o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishni uddaladi.

"Udineze" "Sampdoriya" maydonida o'tgan oxirgi 17 o'yinning faqat bittasida g'alaba qozongan.

"Sampdoriya" o'z maydonida o'tgan qatorasiga 4-o'yinda g'alaba qozona olmadi.

Fabio Kvalyarella – qatorasiga 17 o'yinda gol urgan A Seriya tarixidagi 7-futbolchi. Altafini, Rivera, Manchini, Badjo, Jilardino va Tottidan keyin.

"Salernitana" mavsumdagi ilk g'alabasini tantana qilgan o'yinda darvozasi dahlsizligini ham saqlab qoldi.

Valter Madzarri boshchiligidagi "Kalyari" dastlabki 7 turni g'alabasiz o'tkazdi. Bunaqasi oxirgi bor 2006 yilda sodir bo'lgan edi.

Balde Keyta ("Kalyari") A Seriya tarixida eng ko'p gol urgan senegallik o'yinchiga aylanib oldi (40). U Xuma Babakarni ortda qoldirdi.

Jahon futbolining tirik afsonasi 40 yoshda!

Muallif :
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика