So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  7 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  2 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  1 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

Kutilmagan uchrashuv, kutilgan mehmonlar yoxud "Andijon"ning o'yinlari atrofidagi voqeliklar Yangiliklar

Kutilmagan uchrashuv, kutilgan mehmonlar yoxud "Andijon"ning o'yinlari atrofidagi voqeliklar

Teglar :  Andijon
Rejalashtirilganidek, “Andijon” 4 fevral kuni ikkita uchrashuv o'tkazdi.

Raqiblar – Ruminiyaning “Selimbar” va Gruziyaning “Saburtalo” jamoalari edi. Belekdagi “Fanatik” arenalaridan foydalanildi. Avvalo, “Fanatik” 2 stadionida jamoamizning “Selimbar”ga qarshi uchrashuvi o'tkazildi. Oldindan aytish joizki, murabbiylar ikkala uchrashuv uchun futbolchilarni taqsimladilar va ularning imkoniyatlarini yana bir bor sinovdan o'tkazdilar.

Tarkibga nazar tashlagan bo'lsangiz, unda Demir Imeriga ko'zingiz tushganligi aniq. Makedoniyalik yarim himoyachi hozircha jamoamizda ko'rikda bo'lib turibdi. Xomyakov shogirdlari “Selimbar”ga qarshi bahsda bir qancha golli imkoniyatlarni yaratdilar. Biroq hujumlarni gol bilan yakunlashda omad yuz o'girdi. Albatta, ruminiyaliklarda ham imkoniyatlar bo'ldi, yakunda esa darvozalar daxlsiz qoldi. Darvoqe, jamoamiz azolari – Eldor Adhamov va Abubakir Rejabboev jarohat tufayli ushbu bahslarni o'tkazib yubordilar.

“Andijon”ning “Sabultaro”ga qarshi ikkinchi o'yini qo'shni maydonda o'tdi. Ilk uchrashuv davom etayotgan paytda gruziyaliklarga qarshi bellashuv uchun ajratilgan asosiy tarkib mashg'ulotlarni davom ettirib turdi. “Selimbar”ga qarshi bellashuv yakunlanishi bilanoq qo'shni maydonga ko'chib o'tdik va darhol barcha etibor “Sabultaro” bilan bahsga qaratildi.

Ikkinchi o'yin ham qiziqarli kechdi. Darvoqe, bellashuvdan oldin kichik bir qiziq holat yuz berdi. “Sabultaro” klubi bosh murabbiyi Giorgi Mikadze o'z vaqtida Andijonning “UzDongJu” jamoasida to'p surgan. O'sha mahalda hozirda “Andijon”da yordamchi murabbiy sifatida mehnat qilayotgan Elyor Rahmatullaev bilan birga to'p surishgan. Bahs avvalida Mikadze Rahmatullaevni ko'rishi bilanoq darhol yoniga borib, o'zini tanishtirdi va “UzDongJu”da birga to'p surganini eslatdi. Ular oldingi xotiralarini yodga oldilar. Oradan 16-17 yil o'tgan bo'lsa ham Giorgi Mikadze Elyor Rahmatullaevni unutmagani va bir qarashdayoq taniganiga qoyil. Ular uchrashuvdan keyin iliq tarzda xayrlashishdi.

Bevosita o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, birinchi bo'limda Farhod Bekmurotov raqib darvozasini ishg'ol etdi. Lekin uchrashuv yakuniga qadar gruziyaliklar ikki marta javob qaytargan holda hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdilar. SHu tariqa, ikkinchi uchrashuvda jamoamiz imkoniyatni boy berdi. Asosiysi, murabbiylar ushbu o'yinlar orqali jamoa o'yinini shakllantirib bormoqdalar.

Yana bir holat etiborimizni tortdi. “Fanatik” arenalari bir-biriga yonma-yon joylashgani uchun qo'shni maydonlarda turli xil mamlakatlardan kelgan jamoalar shug'ullanishar, yana boshqasida esa o'rtoqlik o'yinlari o'tkazilardi. Jamoamiz o'z o'yinini o'tkazayotgan mahalda “So'g'diyona” hamda “Paxtakor” klublari qo'shni maydonlarda mashg'ulotlarini olib bordilar. SHuningdek, Qozog'iston chempioni “Ordabasi” Armanistonning “Pyunik” klubi bilan o'ynadi va 2:4 hisobida yutqazdi. Ushbu bahsda “Ordabasi” tarkibida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev to'p surayotganiga ham guvoh bo'ldik. Bundan tashqari, “Qizilqum” bosh murabbiyi Jamshid Saidov va uning yordamchilari “Andijon” ishtirokidagi o'yinlarni stadionda kuzatib bordilar.

1-o'yin. “Andijon” – “Selimbar” (Ruminiya) – 0:0.

“Andijon”ning boshlang'ich tarkibi: Igor Litovka, Ildar Mamatkazin, Islom Mamatkazin, Abduvohid G'ulomov, Sardor Azimov, Muhammadkarim Toirov, Levan Arveladze, Suhrob Berdiev, Farhod Sohibjonov, Demir Imeri, Diyor Toirov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sunnatilla Abdullajonov, Asad Habibullaev, SHahboz Erkinov, Mohir Komilov, Asilbek Aysarov.

“Selimbar”: Aldesku Marius, Gits Aleksandru, Palmesh Raul, Natea CHiprian, Mitrea Flonimel, Pamos Mikael, Salim Tudor, Deak Gabriel, Rodri Xernando, Suare Kacian, Pop Aleksandru.

2-o'yin. “Andijon” – “Sabultaro” – 1:2 (1:0).

“Andijon”: Igor Litovka, Vladimir Bubanya, Marlen CHobanov, Abduvohid G'ulomov, Izzat Abdurasulov, Farhod Bekmuratov, SHerzod Esanov, Ilhom Abdug'aniev, Farhod Sohibjonov, Bektemir Abdumannonov, SHahboz Erkinov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Asilbek Aysarov, Mohir Komilov, Sunnatilla Abdullajonov, Suhrob Berdiev, Demir Imeri.

"Sabultaro”: Lazare Kupatadze, Irakli Komaxidze, Aleksandre Narimanidze, Giorgi Jerenaiya, Tsotne Kapanadze, SHota Nonikashvili, Bakar Xardava, Dadiani, Gizo Mamageishvili, Giorgi Koxreidze, Saba Mamachashvili.

“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика