So’nggi yangiliklar

21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  49 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  208 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  9 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  3 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

Kutilmagan natijalar xit-paradi TOP-5 Yangiliklar

Kutilmagan natijalar xit-paradi TOP-5

Evropa milliy chempionatilaridagi etiborga molik sensacion natijalar bilan tanishtirib o'tamiz.


5-o'rin.

Franciya chempionati, 9-tur. Turnir jadvali

Monako – Renn 1:1 (0:1, 1:0)

Lui II

Gollar
: 0:1 – 41 Dukure, 1:1 – 51 Uolles.

Monako – Subashich, Fabino, Uolles, Radji, Koentrau, Tulalan, Traore (Moutinyu, 71), Dirar, Bernardu Silva (Karrilo, 46), Lemar, El-SHaaravi (Boshilya, 67).

Renn – Diallo, Moreyra, Diane, Arman, Mbenge, Pedro Enrike (Xabibu, 84), Andre, Pedru Mendesh (Danze, 90), Baal, Dukure, Ntep (Grosicki, 70).

Ogohlantirishlar: Pedro Enrike (8), Radji (43), Fabino (64), Grosicki (77), Uolles (90).

Franciya chempionatining 9-turidan o'rin olgan "Monako" - "Renn" uchrashuvida kutilmaganda mezbonlar yana ochko yo'qotishdi. "Monako"ning bu mavsumdagi ishlari yurishmayapti. O'tgan turda ham "Gengam" bilan durang qayd etgan "Monako" vakillari bu safar o'z maydonlarida "Renn" qarshiligini enga olishmadi. "Monako" 9 o'yinda 3 marta g'alaba qozonib, 4 bora durang o'ynagan va 2 marotaba mag'lubiyatga uchragan. Turnir jadvalida esa "Monako" 10-o'rinda bormoqda.


4-o'rin.

Italiya chempionati, 7-tur. Turnir jadvali

Milan – Napoli 0:4 (0:1, 0:3)

Djuzeppe Meacca (San-Siro)

Gollar
: 0:1 – 13 Allan, 0:2 – 48 Insine, 0:3 – 67 Insine, 0:4 – 77, avtogol Eli.

Milan
– Lopes, Sapata, Antonelli, De SHilo, Eli, Kucka (Poli, 84), Montolivo, Bonaventura, Bertolachchi (CHerchi, 57), Bakka, Luis Adriano.

Napoli
– Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Gamshik (Lopes Silva, 74), Jorjino, Kalexon, Allan, Insine (Mertens, 73), Iguain (Gabbyadini, 81).

Ogohlantirishlar
: Allan (14), Bonaventura (32), Kalexon (61), Antonelli (64), Eli (66), Jorjino (80).

Italiyada "Napoli"ning safarda "Milan" ustidan qozongan g'alabasi katta sensaciya deya etirof etilmasligi mumkin. Lekin kechagi o'yindagi hisob hammasidan ham oshib tushdi. Hozirgi kunda "Napoli" Italiyada "Yuventus"ni ham, "Inter" va "Milan"ni ham mag'lub etadigan darajada. O'tgan safar neapolliklar aynan "Yuventus"ni dog'da qoldirishgandi. Kechagi bahsda esa so'nggi yillargidan ko'ra nisbatan kuchliroq ko'ringan "Milan"ni mehmonda yirik hisobda mag'lubiyatga uchratishi esa chinakamiga sensaciya deyishga arzirli bo'ldi. "Napoli"ning yirik hisobdagi g'alabasi Italiya matbuotida ham anchagina shov-shuv ko'tarishga muvaffaq bo'ldi.


3-o'rin.

Bundesliga, 8-tur. Turnir jadvali

SHalke-04 – Keln 0:3 (0:1, 0:2)

Feltins-Arena

Gollar
: 0:1 – 45 Modest, 0:2 – 79 Gerxardt, 0:3 – 84 Coller.

SHalke-04
– Fermann, Aogo, Matip, Kaysara, Sane (Xevedes, 87), Gays, Goretcka (SHupo-Moting, 66), Noyshtedter (Xeyberg, 78), Mayer, Di Santo, Xuntelar.

Keln
– Xorn, Sorensen, Xektor, Olkovski, Xaync, Risse (Coller, 83), Lemann, Gerxardt, Bitenkur (Fogt, 58), Osako (Marox, 70), Modest.

Ogohlantirishlar
: Bitenkur (50), Risse (69), Gays (79), Mayer (90).

Bundesligada shov-shuvga sababchi bo'lgan o'yin "SHalke" hamda "Kyoln" o'rtasida kechdi. Gelzerkirxenliklar kutilmaganda o'z maydonlarida bo'lib o'tgan uchrashuvda "Kyoln"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berishdi. Ushbu mag'lubiyatdan keyin "SHalke" turnir jadvalida 3-pog'onada qolgan bo'lsa, "Kyoln" 5-o'ringa yuqoriladi. "Kyoln"ning bu yilgi mavsumda maqsad va vazifalari jiddiy ko'rinadi.


2-o'rin.

APL, 8-tur. Turnir jadvali

CHelsi – Sautgempton 1:3

Stemford Bridj

Gollar
: 1:0 – 10 Villian, 1:1 – 43 Devis, 1:2 – 60 Mane, 1:3 – 72 Pelle.

CHelsi
– Begovich, Keyxill, Aspilikueta, Ivanovich, Terri, Ramires (Matich, 46; Remi, 73), Fabregas, Oskar, Villian (Pedro, 64), Azar, Falkao.

Sautgempton
– Stekelenburg, Fonte, Bertran, Soaresh, van Deyk, Devis, Vanyama, Tadich (Rodriges, 78), Romeu (Uord-Prouz, 46), Mane, Pelle.

Ogohlantirishlar
: Romeu (9), Bertran (26), Mane (34), Ramires (43), Falkao (57), Uord-Prouz (77), Pelle (86).


Angliyadan "xit-parad"imizga kirishga birinchi "zayavka"ni faqat "CHelsi" bermoqda. Bu safar ham Joze Mourino shogirdlari o'z muxlislarini ranjitib qo'yishdi. "Stemford Brij"da mehmon bo'lgan "Sautgempton" Begovich darvozasiga jami uch marotaba yo'l topa oldi. Bu gollar esa "CHelsi"ni navbatdagi mag'lubiyatiga etarli bo'ldi. Doimgidek Angliyadan "CHelsi" "xit-parad"imiz bosh qahramoni bo'ldi. Keyingi turda ham "CHelsi" yana gul kesadigan bo'lsa, boshqa ularni "xit-parad"imizga kiritmaymiz. Aksincha, buyog'iga "CHelsi"ning g'alabasi sensaciya darajasida qabul qilinishi mumkin.


1-o'rin.

Ispaniya chempionati, 7-tur. Turnir jadvali

Sevilya – Barselona 2:1

Ramon Sanches Pisxuan

Gollar
: 1:0 – 52 Kron-Deli, 2:0 – 58 Iborra, 2:1 – 74, penalti Neymar.

Sevilya – Riko, Andreolli, Tremulinas (Mariano, 89), Koke, Kolodzeychak, Krixovyak, Nzonzi, Iborra (Reyes, 70), Kron-Deli, Vitolo, Gameyro (Lorente, 72).

Barselona –Bravo, Mate (Dani Alves, 60), Pike, Alba, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets, Maskerano, Neymar, Munir (Sandro Ramires, 60), Suares.

Ogohlantirishlar: Krixovyak (19), Andreolli (22), Buskets (28), Kolodzeychak (33), Mate (48), Alba (60), Tremulinas (73), Lorente (75).

Ushbu haftada "xit-parad"imizning bosh qahramoni - "Barselona" jamoasi bo'ldi. Ispaniyada bu turda katta to'rtlikdagi barcha jamoalar ochko yo'qotishdi. "Barselona", "Valensiya" mag'lubiyat alamini tortib ko'rishgan bo'lsa, "Real" va "Atletiko" jamoalari ikki ochkodan yo'qotishdi. Turning sensacion natijasi Sevilya" hamda "Barselona" bahsida kuzatildi. Ispaniyaning amaldagi chempioni "Barselona" ushbu mavsumda chempionatdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bu uchrashuvdan so'ng "Barselona" peshqadamlikni o'zidan avvalgi etakchi "Vilyarreal"ga topshirdi va kataloniyaliklar "Real" va "Selta" bilan 2-3 o'rinni bo'lishib turishga majbur bo'lishdi. Mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan "Sevilya" esa asta-sekin o'ziga kelmoqda va bu muhim g'alabadan so'ng ular 12-o'ringa ko'tarilib olishdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика