So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  6 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Kutilmagan natijalar xit-paradi TOP-5 Yangiliklar

Kutilmagan natijalar xit-paradi TOP-5

Evropa milliy chempionatilaridagi etiborga molik sensacion natijalar bilan tanishtirib o'tamiz.


5-o'rin.

Franciya chempionati, 8-tur. Turnir jadvali 

Marsel – Anjer 1:2 (0:1, 1:1)

Velodrom

Gollar
: 0:1 – 38, penalti Mangani, 0:2 – 69 Toma, 1:2 – 79, penalti Batshuayi.

Marsel
– Mandanda, Mankilo (Dja-Djedje, 71), Nkulu, Rolandu, de CHele, Zambo (Lukas Silva, 46), Diarra, Barrada, Sarr (Okampos, 63), Batshuayi, Kabella.

Anjer
– Byutel, Manko (Angula, 46), Traore, Toma, Andre, Mangani (De, 81), Saiss, Buka-Mutu (Oryak, 58), Ketkeofomfon, Dore, Kamara.

Ogohlantirishlar
: Saiss (26), Kabella (37), Ketkeofomfon (59), Nkulu (69), Barrada (73), Dore (78).


Franciya chempionatining 8-turida "Marsel" o'z maydonida debyutant "Anjer" klubini enga olmadi. Quyi ligadan tepaga ko'tarilgan "Anjer" jamoasi safardan muhim uch ochko olib uyga qaytgani tahsinga sazovor.


4-o'rin.

Italiya chempionati, 6-tur. Turnir jadvali

"Jenoa" – "Milan" 1:0 (1:0, 0:0)

Luidji Ferraris

Gol
:  1:0 – 10 Jemaili.

"Jenoa" – Lamanna, Burdisso, Markeze (Ntcham, 70), Figeyrash (Icco, 56), De Meo, Jemaili, Laksalt, Perotti, Rinkon, Kapel, Pavoletti (Gakpe, 85).

"Milan" – Lopes, Sapata, De SHilo, Kalabriya, Romanoli, de Yong (Eli, 45), Montolivo (Kucka, 76), Bonaventura (Bakka, 80), Bertolachchi, Balotelli, Luis Adriano.

Ogohlantirishlar:  Bonaventura (11), Romanoli (18), Kalabriya (56), Pavoletti (58), De Meo (61), Jemaili (67), Luis Adriano (83), Burdisso (89), Bertolachchi (90).

CHetlatish:  Romanoli (42).


"Milan" A Seriyaning 6-turiga kelib mehmonda "Jenoa" bilan kuch sinashdi. Sinisha Mixaylovich qo'l ostidagi "Milan" ko'pchilikning taxminlariga puchqa chiqarib, safardan quruq qo'l bilan qaytdi. Yaxshi natijalar qayd etib kelayotgan "Milan" "Jenoa" qarshiligi oldida ojiz qoldi. Bu o'yin xit paradimizning 4-o'rniga munosib deb topildi.


3-o'rin.

Ispaniya chempionati, 6-tur. Turnir jadvali

Real Madrid – Malaga 0:0

Santyago Bernabeu

Real Madrid
– Navas, Varan, Karvaxal, Nacho, Marselo, Isko, Kroos, Modrich, Xese (Kovachich, 60), Benzema, Ronaldu.

Malaga
– Kameni, Torres, Veligton, Rosales, Anxeleri, Tissone, Tigaduini (Anor, 70), Fornals (Orta, 80), Resio, Amrabat, Karlos.

Ogohlantirishlar
: Torres (27), Varan (48), Nacho (52), Resio (66), Anor (87), Karvaxal (89).

CHetlatish
: Amrabat (77).


Ispaniya chempionatining 6-turida "Real" o'z maydonida "Malaga"ni qabul qildi va kutilmaganda qimmatli ochkolarni yo'qotdi. Rafael Benites shogirdlari nafaqat ikki ochkoni, balki turnir peshqadamligini ham qo'ldan chiqarishdi. O'yin davomida bir qator xavfli vaziyatlar tashkil eta olgan madridliklar, Kameni qo'riqlagan darvozaga yo'l topisha olishmadi. Bu o'yin albatta bizning xit-paradimizdan o'rin olishga loyiq. Buning asl sababchisi esa "Malaga" jamoasi bo'ldi. Aynan ularning irodali va matonatli o'yini "Real"ni ochko yo'qotishga majbur etdi.


2-o'rin.

Bundesliga, 7-tur. Turnir jadvali 

Borussiya D – Darmshtadt 2:2 (0:1, 2:1)

Signal Iduna Park

Gollar
: 0:1 – 17 Xeller, 1:1 – 63 Obameyang, 2:1 – 71 Obameyang, 2:2 – 90 Sulu.

Borussiya D
– Byurki, Ginter, Papastatopulos, Xummels, SHmelcer, Gyundogan, Vaygl, Roys (Yanuzay, 59), Kagava (Ramos, 90), Mxitaryan, Obameyang.

Darmshtadt
– Mateniya, Garich, Sulu, Kaldirola, Dias, Xeller, Gondorf (SHtro-Engel, 83), Nimayer (Yungvirt, 57), Raush (Kempe, 67), Rozental, Vagner.

Ogohlantirishlar
: Vagner (45), Xeller (54).


Tomas Tuxel boshqaruvidagi "Borussiya D" jamoasi mavsum startini juda ko'tarinki ruhda boshlagandi. Ketma-ket g'alabali odimlardan so'ng dortmundliklar so'nggi ikki turni muvaffaqiyatsiz o'tkazishdi. Xususan o'tgan haftada chempionat debyutantlaridan biri "Darmshtadt" jamoasi bilan bo'lgan o'z maydonidagi o'yinda qimmatli ikki ochkoni qo'ldan chiqarishdi. "Darmshtadt" jamoasi futbolchisi Suluning so'nggi daqiqada kiritgan goli xit-paradimiz uchun navbatdagi o'yinni aniqlab berishga kifoya qildi.


1-o'rin.

APL, 7-tur. Turnir jadvali

"Tottenxem" – "Manchester Siti" 4:1

Uayt Xart Leyn

Gollar
:  0:1 – 25 de Bryuyne, 1:1 – 45 Dayer, 2:1 – 50 Alderveyreld, 3:1 – 61 Keyn, 4:1 – 79 Lamela.

"Tottenxem"
– Loris, Vertongen, Alderveyreld, Devis, Dayer, Lamela (Kerroll, 87), Alli, Eriksen (SHadli, 68), Uoker, Son Xyn Min (N'Ji, 77), Keyn.

"Manchester Siti"
– Kabalero, Otamendi, Kolarov, Sanya, Demichelis, Fernandino (Nasri, 69), Fernando, Ture (Navas, 56), de Bryuyne, Sterling, Aguero (Roberts, 86).

Ogohlantirishlar
:  Demichelis (45), Lamela (56), Dayer (59), Eriksen (65), Alli (88).


Xit-paradni "Tottenxem" - "Manchester Siti" uchrashuvi yakunlab beradi. Ushbu bahsda londonliklar turnir peshqadami bo'lib turgan "shaharlik"larni yirik hisobda mag'lub etishdi va "Siti"ga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Kevin de Bryuynening yagona goliga londonliklardan to'rt futbolchi javob qaytarishga erishdi. Bu o'yin natijasi ko'pchilik uchun u qadar sensacion ahamiyat kasb etmasligi mumkin. Lekin uchrashuv hisobi ushbu bahsni xit-paradda peshqadamga aylanishiga asosiy sabab bo'ldi. "Siti" APLda peshqadamlikni topshirib, kutilmagan o'yinlar jadvalida peshqadam jamoaga aylanib oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика