Kurtua "Manchester Siti"ga qarshi o'ynaydimi?
17 mar 13:34
Yangiliklar
Kurtua "Manchester Siti"ga qarshi o'ynaydimi?
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua yaqin vaqtlarda jarohatdan so'ng jamoa tarkibiga qaytishi mumkin.
Kurtua "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga "Manchester Siti"ga qarshi CHempionlar ligasi chorak final o'yinida harakat qilishga tayyorligini bildirdi.
Ilk o'yin 9 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi. Javob bahsi esa 16 aprel kuni Manchesterda.
31 yoshli darvozabon o'tgan yilning avgustida jarohat olgandi.
Fikrlar