Kunya "Manchester Yunayted"ga "yo'q" dedi
17 avg 2022 10:34
Yangiliklar
Kunya "Manchester Yunayted"ga "yo'q" dedi
Madridliklarning zaxira futbolchisi "Manchester Yunayted"ning taklifiga rad javobini bergan. Bundan tashqari, "Atletiko" ham braziliyalik futbolchi bilan xayrlashish niyatida emasligini malum qilgan.
"Yunayted" esa hujumchi uchun 50 million evro taklif qilishga tayyor edi, ammo ispan klubi tovon puli bandini faollashtirishni talab qildi, bu esa taklif qilingan mablag'dan ancha yuqori bo'lar edi.
Kunya La Liga 1-tur doirasidagi "Xetafe"ga qarshi o'yinda atigi 10 daqiqa to'p tepdi, ammo unga Luis Suaresdan qolgan 9-raqamning berilishi Diego Simeonening futbolchiga ishonishini bildiradi.
23 yoshli futbolchi "Atletiko"ga 2021 yilda "Gerta"dan 26 mln evro evaziga o'tgandi. Uning "matraschilar" bilan shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar