So’nggi yangiliklar

19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  0 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  1 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  2 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  8 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  6 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  11 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2

Kun mavzusi: Andijon viloyatiga Superligada jamoa kerak emasmi? Yangiliklar

Kun mavzusi: Andijon viloyatiga Superligada jamoa kerak emasmi?

Deyarli futbolga aloqador barcha ijtimoiy tarmoqlar, xususiy kanallarda "Andijon"dagi vaziyat borasida xabarlar chop etilmoqda.

Klubdagi muammolar "Buxoro" bilan o'yindan avval yuzaga kelgandi. Biz esa barchasiga ishonch hosil qilish uchun biroz kutishimizga to'g'ri keldi va malumotlar to'g'riligiga aniqlik kiritdik.

1. Juratbek Quvvatov qaerda?


2020 yilning ikkinchi yarimida klub boshqaruvini qo'liga olgan tadbirkor, "Makrofarm" kompaniyasi rahbari, "Andijon" klubi prezidenti Juratbek Quvvatov malum bo'lishicha sog'lig'idagi muammolar sabab Turkiyada jarrohlik amaliyotini o'tkazgan. SHu vaqtgacha bir qancha katta ishlarni amalga oshirgan, klubni Superligaga qaytargan insonga sog'lik tilab qolamiz. Mavsum poyoniga etmasdanoq Juratbek Quvvatov "Andijon" rahbarligidan ketmoqchi ekani haqida xabarlar keldi. Bunga ayrim insonlar tomonidan Quvvatovga nisbatan qilinayotgan nohaqliklar sabab bo'lishi mumkin.




2. Buxorodagi muammo

Klub "Buxoro" bilan uchrashuvga bir necha kun oldin borishni lozim, deb topdi. Tayyorgarlikning so'nggi qismini Buxoroda olib bordi. Jamoa istiqomat qilgan mehmonxonaga esa to'lanishi kerak bo'lgan malum bir summa kechiktirildi. Ammo Quvvatovning yaqini tomonidan to'langanini takidlashdi. Hattoki, buning uchun klub muxlislari ehson qutisi ham tashkil qilishga majbur bo'lishdi. Bunisiga nima deysiz? O'yindan oldingi muammolar jamoa kayfiyatiga tasir qilmay qolmadi. Yakunda "Buxoro" o'z maydonida 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu "Andijon"ning joriy mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi. SHuningdek, jamoa bu yil ikkinchi bor bir uchrashuvda o'z darvozasidan 3ta to'p olib chiqdi.

3. Futbolchilar 7 oydan beri maosh olayotgani yo'q!

Oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan, Andijon viloyatining bosh jamoasi hisoblangan "Andijon" klubi futbolchilari 7 oydan beri maosh olmayotgani malum bo'ldi. Oxirgi 4ta mukofot puli ham berilmagan. Mana shunday holatda ham jamoa Superliga yo'llanmasini mavsum tugashiga 4ta tur qolganida qo'lga kiritib bo'lganini alohida qayd etish lozim. Maosh borasida katta uzilish borligi ayon. Hattoki, klub so'nggi turni qanday yakunlab qo'yish borasida bosh qotirmoqda.




4. Projektor muammosi

"Bobur Arena" stadionida eng asosiy muammo uning yoritgichlari talab darajasida emasligini hamma biladi. Pro ligadaku bir amallab mavsumni o'tkazdi, ammo Superligada bu projektor bilan ishtirok etib bo'lmaydi. Bizga malum bo'lishicha shaxsan O'FA rahbari viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonovga mazkur muammoni hal qilish bo'yicha topshiriq bergan. Projektor muammoasi hal bo'lmasa, "Andijon" Superligada uy o'yinlarini neytral stadionlarda o'tkazishiga majbur bo'ladi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика