So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  3 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

Kumikov va Baqoevning seriyasi tugadi, Bekobod osmonidagi "qora bulutlar" tarqamayapti Yangiliklar

Kumikov va Baqoevning seriyasi tugadi, Bekobod osmonidagi "qora bulutlar" tarqamayapti

Teglar :  Superliga
Superligada 24-turning 4 ta o'yini yakuniga etdi.

Ortda qolgan uchrashuvlarga doir qiziqarli malumotlarni taqdim qilamiz.

AGMK 3:2 "Andijon"

1. Martin Boake chempionatdagi dastlabki dublini rasmiylashtirdi.

2. 2000 yilda tug'ilgan Muhammadkarim Toirov debyut golini urdi.

3. Jamoalarning dastlabki davradagi bahsi ham OKMK stadionida o'tkazilgan bo'lib, xuddi shu hisob qayd etilgandi.

4. Mirjalol Qosimov shogirdlari joriy mavsum Olmaliqda o'tgan 3-bahsda bir xil — 3:2 hisobida zafar quchishdi.

5. AGMKning mag'lubiyatsiz o'yinlardan iborat seriyasi 8 ta o'yinga etdi (5 g'alaba, 2 durang).

6. Viktor Kumikov shogirdlarining 5 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi.

"Bunyodkor" 1:0 "Qizilqum"

1. 2001 yilda tug'ilgan Muzaffar Olimjonov "qaldirg'ochlar" safidagi rasmiy debyutini nishonlandi.

2. "Qizilqum" bu mavsum ilk bor qatorasiga 3 o'yinni safarda o'tkazdi va yutqazdi.

3. SHuhrat Maqsudov shogirdlari uy uchrashuvlarida umuman yutqazmayapti.

4. "Bunyodkor" mavsumda 2-bor o'z o'yinini 1:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunladi, "Qizilqum" esa 3-bor shunday hisobda mag'lub bo'ldi.

"Lokomotiv" 1:0 "So'g'diyona"

1. "So'g'diyona"ning 8 o'yinda iborat mag'lubiyatsiz seriyasi yakuniga etdi.

2. Baqoev shogirdlari mavsumdagi 3-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bu yilning eng yaxshi natijasi bo'lib turibdi ("Paxtakor" bilan birga).  

3. Jizzax klubi 24 o'yindan keyin barchadan kamroq gol o'tkazgan (14).

4. "So'g'diyona" ishtirokidagi 8-o'yin taqdirini 1 ta gol hal qildi.

5. "Loko"ning "So'g'diyona"ga qarshi 4 o'yinlik g'alabasiz seriyasi yakuniga etdi.

"Navbahor" 1:0 "Metallurg"

1. Namangan klubi Azimjon Ahmedov to'p kiritgan o'yinlarda mag'lub bo'lmayapti (7 o'yin).

2. "Navbahor" Samvel Babayan jamoaga qaytganidan keyin o'tkazilgan 12 bahsning 8-sida ham gol o'tkazmadi.

3. "Metallurg" qatorasiga 6-o'yinda mag'lub bo'ldi.

4. Bekobod klubi mag'lubiyatlar soni bo'yicha barchadan yomonroq natija ko'rsatyapti (17).

5. "Metallurg" mavsumdagi 11-o'yinida maydonni golsiz tark etdi.

"SHerlar" yorib o'tolmagan himoya

Muallif :
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика