Kuman: "Real" va "Atletiko"ning Kubokdan chiqib ketishi sovrinni yutishni osonlashtirmaydi"
26 jan 2021 22:30
Yangiliklar
Kuman: "Real" va "Atletiko"ning Kubokdan chiqib ketishi sovrinni yutishni osonlashtirmaydi"
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya Kubogi doirasida "Rayo"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Rayo" - kuchli jamoa. Biz oddiy bo'lmagan raqibga qarshi o'ynaymiz, doimo diqqatni yo'qotmaslik kerak. Sovrinlar yutishga harakat qilyapmiz. Ha, hozircha imkoniyatlar etarli. Kubok - sovrin yutish uchun eng qisqa turnir.
"Real" va "Atletiko"ning chiqib ketgani sababli sovrinni qo'lga kiritish oson bo'lmaydi. Endi ular LaLigaga katta etibor qaratishadi. Har uch kunda o'yinlarda qatnashish juda qiyin. Bu yo'lda siz uch sovrin uchun kurash olib borishingiz kerak bo'ladi", - dedi Kuman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar