Kuman "Real Sosedad"ga qarshi 4:2 haqida: "CHempionatni g'alaba bilan boshlash muhim - biz buni Messisiz eplay oldik"
16 avg 2021 07:06
Yangiliklar
Kuman "Real Sosedad"ga qarshi 4:2 haqida: "CHempionatni g'alaba bilan boshlash muhim - biz buni Messisiz eplay oldik"
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga 1-tur doirasidagi "Real Sosedad" (4:2)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"CHempionatni doim g'alaba bilan boshlash muhim. Ijobiy ko'rinish yaratish bizga juda muhim edi. Bu Leo Messisiz ilk o'yin edi va biz usiz g'alaba qozona oldik.
Dastlabki yarim soat fantastik darajada bo'ldi. O'yinchilar maydonda to'p bilan va to'psiz yaxshi harakat qilishdi. O'yin davomida o'tkazib yuborilgan gollardan so'ng tez o'zimizga kela oldik. Raqibni o'yini uchun faqatgina qarsak chalish kerak", - deydi Kuman.
"Sosedad"ga qarshi o'yin Kataloniya klubi uchun Lionel Messining PSJga o'tganidan so'ng ilk bahs bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar