Kuman: "Messi faoliyatini "Barselona"da yakunlashi kerak"
18 iyu 2021 17:38
Yangiliklar
Kuman: "Messi faoliyatini "Barselona"da yakunlashi kerak"
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman argentinalik Lionel Messining "ko'k-anorranglilar" safidagi kelajagi haqida gapirdi.
"Men Lionelning faoliyatini "Barselona"da yakunlashi kerak deb hisoblayman. Umid qilamanki, klub rahbariyati tez orada bu masalani hal etishadi. Agar Messi qolsa, bu jamoamiz uchun ajoyib xabar bo'lardi", - deydi niderlandiyalik mutaxassis.
33 yoshli argentinalikning "Barselona" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi shu oyning so'nggida yakuniga etadi. Messi butun faoliyatini ispan klubida o'tkazgan.
Leo o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol va 9ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar