Kuman "Barselona"da Gvardiola joriy etgan qoidani tikladi
02 sen 2020 13:02
Yangiliklar
Kuman "Barselona"da Gvardiola joriy etgan qoidani tikladi
"Barselona" yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman Xosep Gvardiolaning qoidasini tikladi.
Unga ko'ra klubning barcha o'yinchilari ish jarayoni boshlanishidan bir soat oldin bazaga kelishlari kerak.
Ilk bor bu qoidani Kataloniya klubida ishlab yurgan payti Xosep Gvardiola joriy etgan edi. Ammo, boshqa murabbiylar kelishi bilan bu qoida o'z kuchini yo'qotgan. Endi esa Kuman intizomni kuchaytirish uchun qatiy jadvalni tikladi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" kutilmaganda yakunlangan mavsumda hech qanday sovrin yuta olmadi. Klub La Liga 2-o'rinni egallagan bo'lsa, CHempionlar Ligasida esa chorak finalda to'xtadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar