Kuman: "Barselona" og'ir davrlarni o'tkazmoqda. Men esa murabbiyman"
24 dek 2020 22:45
Yangiliklar
Kuman: "Barselona" og'ir davrlarni o'tkazmoqda. Men esa murabbiyman"
"Bu erga kelganimda "Barselona"ni boshqarish orzuim bo'lganini muxlislar ham rahbariyat ham bir necha marta takrorladi. Bu imkoniyatni qo'lga kiritdim. Bu erda o'zimni uyimdagidek his qilganman. O'z navbatida rahbariyat ham mening orzularimni ko'ra bilgandi.
Barchasi yaxshi ketayotganida qandaydir laxzani poylab o'tirish noo'rin deb hisoblayman. Agarda natijalar yaxshi bo'lsa, murabbiy istefoga chiqmaydi. Agarda o'zgarishlar bo'lsa, norozilik kuchayadi, jamoa yuta olmaydi.
O'zimda qandaydir botirlik hissini paydo qila oldimmi bilmayman. Menimcha, bu erga keladigan barcha murabbiy ich-ichidan: "Men tayyorman", deydi. Bilaman, klub og'ir davrlarni boshidan o'tkazmoqda. Biroq men murabbiyman. Biz yaxshi o'yin ko'rsatishimiz kerak, qolganlari esa bizning nazoratimizda emas", - dedi Kuman.
Fikrlar