Kuman "Barsa" qaysi chiziqni kuchaytirishi lozimligini aytdi
13 fev 2021 23:04
Yangiliklar
Kuman "Barsa" qaysi chiziqni kuchaytirishi lozimligini aytdi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman "Alaves" bilan Ispaniya chempionatining 23-tur uchrashuvidan oldin klub qishki transfer oynasida himoyachi sotib olmaganidan afsusda ekanligini bildirdi.
"Menimcha, biz kuchayishga muhtoj edik. Bu sodir bo'lmadi, demak, o'zimizda mavjud resurslar bilan davom etishimiz kerak.
SHuni aytishim kerakki, jarohatlar tufayli bizga transfer juda zarur edi. Dest, Arauxo, Pikening safdan chiqqani bois bizga o'yinchi etishmay qoldi.
Himoyada oqsayapmiz, ko'plab jarohatlar sabab himoyamizda katta muammo chiqdi", – deya Kumanning so'zlarini keltirdi Diario Sport.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" – "Alaves" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi va saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar