Kuman: "Ajoyib o'yin bo'ldi"
14 jan 2021 15:57
Yangiliklar
Kuman: "Ajoyib o'yin bo'ldi"
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya Superkubogi doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'yin haqida to'xtaldi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuvdagi g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi va unda "Barselona" omadliroq keldi.
"Ajoyib o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham intensiv harakatlari bilan ajralib turdi, to'p u darvozadan bu darvozaga tez borib keldi. Raqibimiz juda kuchli edi. O'yinning debyutida raqiblar kuchli pressing uyushtirgani sababli o'yin chiqmadi. 15-20 daqiqa o'tib, o'yinimizni topib oldik", - dedi Kuman.
"Barselona" turnir finalida "Real" yoki "Atletik"ka qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar