So’nggi yangiliklar

19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  1 19:30Суперлига. "Бунёдкор" – "Бухоро". Таркиблар маълум  0 19:00Суперлига. "Машъал" — "Андижон" 0:0 (матли трансляция)  13 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 17:18Суперлига. "Қўқон-1912" - "Сурхон" 1:0 (матнли трансляция)  2 16:59"Челси" — "Кристал Пэлас". Биринчи тур ўйини учун таркиблар маълум  7 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  2 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  2 14:41Де Хеа "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкин  2 14:08"Ювентус" "Лилль" вингерини сотиб олмоқчи  0 13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  2

Kuchuk: "Rostov"da kim o'ynashi va kimni qaydnomaga kiritishni men hal qilaman!" Yangiliklar

Kuchuk: "Rostov"da kim o'ynashi va kimni qaydnomaga kiritishni men hal qilaman!"

"Rostov" bosh murabbiyi Leonid Kuchuk "Axmat"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Jamoaviy o'yinni yo'lga qo'yish uchun qancha muddat talab etiladi?
- Maydonda raqibni har tomonlama engdik. Ish hajmining tezligi, yakka kurashlarda ham jamoamiz yaxshi o'ynadi va maydonda "Axmat" jamoasidan ko'ra, "Rostov" katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Jamoam o'yinni to'g'ri qurdi. SHunchaki ko'plab futbolchilar jamoaga yaqindagina qo'shilishgani tufayli bu o'z tasirini ko'rsatdi. Biz yig'inni asosan yoshlar tarkibidagi futbolchilar bilan o'tkazdik. Ikkita o'yinda ham garchi ochkolar yo'qotilgan bo'lsada jamoamiz yomon taassurot qoldirmadi. O'yin jihatidan ularga etirozim yo'q. Aksincha ulardan minnatdorman. Natija kishini ranjitishi tabiiy. Lekin "Rostov" raqiblaridan qiziqroq va mazmunliroq futbol o'ynadi. Futbol shunisi bilan ham qiziq. Bugungi bahs taqdirini rikoshet hal qildi.

- Nega o'yin qaydnomasiga Prepelice kiritilmadi?
- Kim qaydnomaga tushishi va boshlang'ich tarkibda tushishini men hal qilaman. Buni to'g'ri qabul qilish kerak. Bugun o'yin qaydnomasiga 21 futbolchi bor edi. Bu etarlicha. Mashg'ulotlarda esa barcha birdek ter to'kmoqda.

- O'yinni uchta markaziy himoyachi bilan boshladingiz. Keyin esa Gackan oldinga o'tdi. Bu o'zgarish mag'lubiyatga uchrayotganlaringiz tufayli amalga oshirildimi?
- Biz raqibga bosimni kuchaytirish maqsadida bu ishni amalga oshirdik. Maydon markazidagi ustunlikni qo'lga olish zarur edi.

- Kalachev eng o'tkir futbolchilarlan biri. Nega uni zaxiraga olish qaroriga keldingiz?
- Kalachev ajoyib o'yinni o'tkazdi. SHunchaki qanotlarga tezlik qo'shish maqsadida bu qarorga keldim. Jamoa shifokori bilan maslahatlashgan holda uni almashtirdim. Unga o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman.

- "Ural"ga qarshi o'yindan keyin Berdiev qurgan o'yin uslubini saqlab qolishga harakat qilishingiz haqida aytgandingiz. Berdiev bilan alohida gaplashib oldingizmi?
- Men Berdiev bila shaxsan tanish emasman va gaplashganim yo'q. Men o'yinni o'zim istagandek quraman. Boshqa mutaxassis ko'zi bilan futbol ko'rmayman va jamoam o'yinini qurmayman. "Rostov"ni o'yinini boshqa mutaxassis ko'zi bilan qarab quradigan bo'lsam, unda menda hech narsa o'xshamaydi.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика