Rossiya oktyabr oyida Eron terma jamoasi bilan o'ynaydi
08 avg 14:12
Yangiliklar


Rossiya oktyabr oyida Eron terma jamoasi bilan o'ynaydi
O'yin 10 oktyabr kuni Volgograddagi "Volgograd Arena" stadionida bo'lib o'tadi.
Eron terma jamoasi Rossiya va Qatarda o'tgan so'nggi ikki Jahon chempionatida ishtirok etib, 2026 yilgi turnirning final qismida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan. Jamoa FIFA reytingida 20-o'rinni egallab turibdi.
Bu jamoalar so'nggi bor 2023 yilda Tehronda to'qnash kelgan va 1:1 hisobida durang o'ynagan. Bu jamoalar o'rtasidagi 2017 yildagi bellashuv 1:1 hisobida yakun topgan bo'lsa, 2011 yili Abu-Dabida tashkil etilgan bahsda Eron 1:0 hisobida g'alaba qozongan.
Eslatib o'tamiz, Rossiya 4 sentyabr kuni Iordaniya bilan, 7 sentyabr kuni Qatar bilan bahs yuritadi. Eron esa 29 avgustdan 8 sentyabrgacha davom etadigan CAFA turnirida qatnashadi.
O’xshash yangiliklar
14:15
"Bularning barchasi mish-mish" - Igor Sergeev MTJga xorijlik murabbiy kelishi mumkinligi haqida 9

Fikrlar