So’nggi yangiliklar

11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  0 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  7 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  12 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  37 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40

Kubokning Qarshiga kelishidagi bosh "aybdorlar" Yangiliklar

Kubokning Qarshiga kelishidagi bosh "aybdorlar"

Qarshining "Nasaf" klubi o'z tarixida ilk bor O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi.

Biz "ajdarlar"ning ushbu kubokni qo'lga kiritishiga katta xissa qo'shgan insonlar haqida so'z yuritamiz.


Eldorbek Suyunov

"Nasaf"ning asosiy posboni o'z faoliyatidagi ikkinchi katta sovringa ega chiqdi. Lekin 2011 yilgi OFK kubogi qo'lga kiritilganida Eldor Dmitro Kozachenko va Murod Zuhurovdan keyingi uchinchi darvozabon edi. Maydonga tushmay kubok yutish yaxshi, lekin asosiy tarkib azosi sifatida sovrinni boshi uzra ko'tarish mutlaqo o'zgacha. Eldorbek 2013 yilgi finalda "Nasaf" safida "Bunyodkor"ga yutqazib qo'ygandi. Oradan ikki yil o'tib darvozabon nihoyat kubokni qo'lga kiritdi. Suyunovning "Lokomotiv"ga qarshi yarim final dastlabki o'yini so'nggida amalga oshirgan seyvi yakunda "ajdarlar"ning finalga chiqishida asosiy faktorlardan biri bo'ldi.



SHerzod Azamov

O'zbekiston kubogida "Nasaf" 7ta o'yin o'tkazdi. SHerzod Azamov 6ta o'yinda to'liq o'ynadi. SHerzod jamoasining g'alabalariga himoyadagi ishonchli o'yinlari bilan xissa qo'shdi. Bo'ydor futbolchi finalda "Bunyodkor" darvozasiga gol urishga erishdi. Bahs oxirida avtogol sohibiga ham aylandi. Yaxshiyam Gevorkyan undan oldin to'p kiritgan ekan, aks holda "uyga borib bugun ikkita gol urdim" degan latifaning bosh qahramoniga aylanib ketarmidi...



Artur Gevorkyan

Oxirgi yillarda "Nasaf"ning motoriga aylanib bo'lgan turkmanistonlik legioner futbolchi OFK kubogidagi g'alabadan so'ng nihoyat O'zbekistonda ham sovrin yutdi. Penalty loyihasiga tashrif buyurganida Artur futboldagi erisha olmagan orzularidan biri O'zbekiston chempioni bo'lish va kubogini qo'lga kiritish ekanini aytgandi. O'sha intervyudan ko'p o'tmay Gevorkyanning orzularidan biri amalga oshdi. Aynan uning jarima to'pidan kiritgan to'pi final uchrashuvida hal qiluvchi zarbalardan biri bo'ldi. Kelajakda Artur ikkinchi orzusiga ham erishishiga tilakdoshmiz.



Ilhom SHomurodov

Ilhom SHomurodov 4ta gol bilan bu yilgi O'zbekiston kubogida "Nasaf"ning to'purari bo'ldi. Hujumchi "Oq-tepa"ga ham, "Paxtakor-2"ga ham ikkitadan to'p kiritdi. To'g'ri u finalda ham, yarim finalda ham gol urgani yo'q. Lekin dastlabki bosqichlarda gol urib g'alaba qozonilmasa jamoa hal qiluvchi o'yinlargacha etib kelmaydiku. SHunday ekan Ilhom SHomurodovning kubokni qo'lga kiritilishida kattagina xissasi bor. Finalda ham SHomurodov "Bunyodkor" himoyachilariga tinchlik bergani yo'q. 2011 va 2013 yilgi finallarda yutqazib qo'gan Ilhom nihoyat kubokni qo'lga kiritdi.



Ro'ziqul Berdiev

"Nasaf"ning hozirgi darajaga etishida Ro'ziqul Berdievning xissasi juda katta ekanligini barcha yaxshi biladi. Mavsum boshida ham, davralar oralig'ida ham jamoa hujumchiga muhtojlik sezdi. Biroq ayni paytda moliyaviy jihatdan u qadar baquvvat bo'lmagan klub hech qanday yulduz futbolchini xarid qila olgani yo'q. Ro'ziqul Berdiev esa bor imkoniyatdan maksimumni chiqara oldi. Azamat Allaniyozov va Kenja To'raev jarohati bois, Ilhom SHomurodov esa charchoq tufayli o'ynay olmagan paytlarda Artur Gevorkyanni hujumchi o'rnida o'ynatgan ham Berdiev bo'ldi. "Nasaf" ustozi "Oq-tepa" va "Paxtakor-2"ga qarshi kechgan bahslarda asosan yoshlarni maydonga tushurdi. "Lokomotiv"ga qarshi kechgan yarim finallarda esa to'g'ri taktika evaziga ilk o'yinda 2:0 hisobida zafar quchildi. Javob bahsida faqat natija uchun o'ynagan Qarshi jamoasi 0:1 hisobida yutqazganiga qaramay finalga yo'l oldi. hal qiluvchi bellashuvda O'zbekistonning eng kuchli klublaridan biri bo'lgan "Bunyodkor"ni mag'lub etishni uddaladi.

2003 yilgi O'zbekiston kubogi finalida futbolchi sifatida mag'lub bo'lgan Ro'ziqul Berdiev oradan 12 yil o'tib murabbiy sifatida ushbu sovringa ega chiqdi.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика