Krishtianu Ronaldu: ECHLdagi g'alaba Evro-2016da yaxshi ishtirok etishimga yordam beradi
29 may 2016 10:25
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu: ECHLdagi g'alaba Evro-2016da yaxshi ishtirok etishimga yordam beradi
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu ECHL finalida Atletikoga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Bir-ikki kun dam olaman. Fernandu Santush (Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi) menga bir necha kunlik xordiq berdi, bu menga Evroda yaxshi o'ynashimga imkon beradi.
CHempion bo'lamiz deb vada bera olmayman, ammo bunga ishonish kerak. Ajoyib jamoamiz bor. Guruhimiz qiyin, ammo o'tsa bo'ladi.
Pley-off bosqichida esa istalgan narsa bo'lishi mumkin, – deydi Ronaldu.
Fikrlar