"Krishtianu nihoyatda hissiyotli inson"
02 iyu 2024 19:13
Yangiliklar
"Krishtianu nihoyatda hissiyotli inson"
Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha bo'limlarida hisob ochilmadi. 105-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan unumli foydalana olmadi. Lekin, penaltilar seriyasida Ronaldu va uning sheriklari g'alabani o'zlariniki qilishdi. O'yindan so'ng bosh murabbiy Roberto Martines terma jamoa sardorini etirof etdi.
"Ronaldu - hammamiz uchun namuna. U o'zining oltinchi Evropa chempionatini o'tkazmoqda va xohish, ishonch hamda javobgarlikni his qilmoqda. U hech kimga hech nimani isbotlashi shart bo'lmagan inson uchun nihoyatda hissiyotli.
O'yinda penaltini ura olmaganidan keyin u hammadan oldin seriyada birinchi bo'lib tepishi kerakligini aytdi va buni amalga oshirdi. Kiyinish xonasida hamma hayratda edi. Futbol qiyinchiliklarni yaratadi, biz portugal futboli bilan faxrlanamiz", - dedi Martines.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar