So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Koutino haqida bilishingiz kerak bo'lgan 10ta malumot Yangiliklar

Koutino haqida bilishingiz kerak bo'lgan 10ta malumot

Teglar :  Filippe Koutino
6 yanvar kuni "Barselona" Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Filippe Koutinoni sotib oldi.

Kataloniya klubi rasmiy sayti braziliyalik yarim himoyachi haqida 10ta qiziqarli malumotni elon qildi.


1. Koutino "Barselona"ning g'alabasidan 24 kun o'tib tug'ilgan

Koutino 1992 yil 12 iyun kuni Rio-de-Janeyroda tug'ilgan. Bundan 24 kun avval "Barselona" "Uembli"da Evropa CHempionlar Kubogi g'olibiga aylangan edi. Koutino Mark-Andre ter SHtegen va Serxio Robertolardan so'ng 1992 yilda tug'ilgan jamoaning uchinchi futbolchisiga aylandi.


2. 77ta gol va 337ta o'yin

Jamoaning yangi futbolchisi professional futbolda 337ta uchrashuv o'tkazgan (305tasi klub miqiyosida, 32tasi Braziliya terma jamoasida). Koutino hozirgacha 77 marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan.


3. Jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo'yicha APL to'purari

Filippe Koutino 2016/17 mavsum Angliya Premer-ligasida jarima maydonchasi tashqarisidan gol urish bo'yicha etakchi bo'ldi. U 16likka (jarima maydonchasi) kirmay 6ta gol urdi, shularning 3tasi jarima zarbasidan.


4. Eski do'stlar yana birga

Braziliyalik bir yarim yil davomida "Liverpul" safida Luis Suares bilan birga to'p tepgan. Kataloniya klubining yana ikki futbolchisi Paulino va Rafinya Alkantara esa Koutino bilan bir terma jamoa sharafini himoya qiladi.


5. 15 xil murabbiy

Koutino faoliyati davomida 15 nafar murabbiy qo'l ostida futbol o'ynagan:

1. Dorival Junior ("Vasko de Gama");

2. Vagner Manchini ("Vasko de Gama");

3. Karlos Roberto Gaucho ("Vasko de Gama");

4. Rafael Benites ("Inter");

5. Mano Menezes (Braziliya terma jamoasi);

6. Leonardo ("Inter");

7. Jan Pero-Gasperini ("Inter");

8. Klaudio Raneri ("Inter");

9. Antrea CHtramachchioni ("Inter");

10. Luis Felipe Skolari (Braziliya terma jamoasi);

11. Maurisio Pochettino ("Espanol");

12. Brendan Rojers ("Liverpul");

13. Dunga (Braziliya terma jamoasi);

14. Yurgen Klopp ("Liverpul");

15. Tite (Braziliya terma jamoasi).


6. Koutino bir marta "Kamp Nou"da maydonga tushgan

Koutino faoliyati davomida bir marta "Kamp Nou" arenasida to'p tepgan. Bu 2012 yil 5 mayda sodir bo'lgan. "Barselona" - "Espanol" uchrashuvida (4:0) braziliyalik 65-daqiqada Alvaro Vaskes o'rniga maydonga tushgan.


7. "Barselona" bilan boshqa to'qnashuvlar

25 yoshli futbolchi "Kamp Nou"dan tashqari "Uembli"da "Barselona"ga qarshi o'ynagan. O'sha o'rtoqlik uchrashuvi 4:0 hisobida "qizillar" g'alabasi bilan yakunlangan edi. Bundan tashqari, Koutino Braziliya terma jamoasi va "Barselona B" o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinida ham ishtirok etgan. Bu bahsda Rafinya Alkantara Kataloniya klubi sharafini himoya qilgan.


8. Test!

Koutino quyida ko'rsatilgan qaysi turnirda g'olib bo'la olmagan?

a) Braziliya terma jamoasi bilan U20 jahon chempionati

b) Italiya Kubogi

c) Angliya Kubogi

d) Italiya Superkubogi


9. Ikki marta "Liverpul"da yil futbolchisi

Koutino 2015 va 2016 yillarda "Liverpul" tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Braziliyalik 2014/15 mavsumning ramziy terma jamoasiga ham kiritilgan.


10. Koutino - oilaparvar

Braziliyalik yarim himoyachi xotini Aynani 14 yoshida uchratib qolgan va ular hozirgacha birga. Bu juftlikning to'yi 2012 yilda bo'lib o'tgan. Ularning ilk farzandi Mariya 2015 yilda dunyoga kelgan.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика