Tibbiy tekshiruvdan so'ng "Milan" 30 mln. evrolik transferni bekor qildi
02 fev 20:33
Yangiliklar
Tibbiy tekshiruvdan so'ng "Milan" 30 mln. evrolik transferni bekor qildi
Franciyalik hujumchi Jan-Filipp Matetaning "Kristal Pelas"dan "Milan"ga o'tishi amalga oshmaydigan bo'ldi.
Taniqli insayder Janluka Di Marcioning xabar berishicha, Italiya klubi rahbariyati 28 yoshli futbolchini sotib olmaslikka qaror qilgan. Daniele Longoning qo'shimcha qilishicha, bunga bugun o'tkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik natijalari sabab bo'lgan. "Rossoneri" shifokorlari tekshiruvlardan so'ng transferga to'sqinlik qiluvchi jihatlarni aniqlashgan.
Avvalroq "Milan" va "Kristal Pelas" futbolchining transferi borasida 30 million evro evaziga kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
Malumot uchun, Mateta APL joriy mavsumida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga erishgan edi. Endi "Milan" qishki transfer oynasi yopilguniga qadar tezkorlik bilan boshqa hujumchi izlashiga to'g'ri keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar