Konferenciyalar ligasi saralashi. “Tobol” 3-bosqich o'yinini qachon o'tkazadi?
30 iyu 2022 09:55
Yangiliklar
Konferenciyalar ligasi saralashi. “Tobol” 3-bosqich o'yinini qachon o'tkazadi?
Qozog'istonning “Tobol” klubi evrokuboklardagi yurishini davom ettirmoqda.
Igor Sergeev o'ynayotgan jamoaga Konferenciyalar ligasi saralashining 3-raundida “Zrinski” (Bosniya va Gercegovina) raqiblik qiladi.
Mazkur jamoalar o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 4 avgustda Mostardagi o'yingohda bo'lib o'tadi. Javob o'yini esa 11 avgust kuni “Tobol”ning uy stadioniga belgilangan.
Kostaniyliklar o'tgan mavsum shu bosqichda muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. Agar jamoa “Zrinski” to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tsa, oxirgi pley-off raundi qoladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar