So’nggi yangiliklar

23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:20BALLON D'OR-2025  28 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  9 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  18 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  11 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  38 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  10

Kojo Joel: "2019 yil "Navbahor"dan taklif bo'lgan, hozir "Dinamo"da ekanligimdan baxtliman" Yangiliklar

Kojo Joel: "2019 yil "Navbahor"dan taklif bo'lgan, hozir "Dinamo"da ekanligimdan baxtliman"

Teglar :  DinamoKojo Joel
Joriy yilda Superligaga qaytishni maqsad qilgan "Dinamo" jamoasi Pro ligada mag'lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda.

Vadim Abramov shogirdlari o'tgan turda "Xorazm" mehmoni bo'lishdi. Aftidan uchrashuv durangga qarab ketayotgan bir pallada allaqachon ko'pchilikning etiboriga tushib bo'lgan Kojo Joel katta sahnaga chiqib keldi. So'nggi daqiqada u jarima zarbasini golga aylantirdi. Pro ligada bu mavsum 6 golini urgan ganalik forvard to'purarlar poygasida birinchi o'ringa chiqib oldi. "Xorazm" bilan uchrashuvdan so'ng Kojoning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Dastlab "Xorazm" bilan o'yin taassurotlaringiz?

- Muhimi g'alabaga erishdik. Jarima zarbasi mening qurollarimdan biri. Lekin jamoadoshlarim zarbani amalga oshirishni istasa, ularga qarshilik ko'rsatmayman. Sababi mashg'ulotlarda ularning ijrochilik mahoratini ko'rganman. Biroq o'yin vaqtida bu ish bermadi. SHu sababdan to'pni o'zim tepishga qaror qildim. 

- O'sha vaziyatda golga aylanishiga ishondingizmi?

- Jamoadagilar menga ishonishlari yoki aksincha ishonmasliklari mumkin. Ammo men doim o'zimga ishonaman. 

- Siz Qirg'iziston chempionatida tupo'rar bo'lgan edingiz(26ta gol). Hozirgi vaqtda hisobingizda 6ta gol bor. Pro liga jamoalarining kuchini ko'rdingiz. Tupo'rar bo'lishingiz uchun nechta gol urishingiz etarli bo'ladi?

- Qirg'izistonda eng yaxshi to'purar bo'lish men bajara oladigan yagona qobiliyat emas. Aslida bu xudo tomonidan berilgan nemat hisoblanadi. 

- O'zbek klublari qo'shni mamlakat chempionatlarini kuzatib borishadi va o'zini ko'rsatgan futbolchilarga taklif bilan chiqishadi. Sizga O'zbekistondan avval ham chorlov bo'lganmi yoki "Dinamo" bu borada birinchi bo'ldimi?

- 2019 yil "Navbahor"dan takliflar bo'lgan. "Dinamo"dan ham o'tgan mavsumlarda chorlovlar kelgan. Lekin jamoam meni qo'yib yuborishni istamagan edi. Hozir bu erda ekanligimdan baxtliman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика