Klublarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish bo'yicha fikr almashildi
10 fev 11:16
Yangiliklar
Klublarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish bo'yicha fikr almashildi
Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston futbol associaciyasi ishtirokida sport federaciyalari va professional futbol klublarini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
"Yig'ilish davomida mamlakatimizda sport federaciyalari boshqaruvini zamonaviy tizim asosida takomillashtirish hamda professional klublar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, ushbu yo'nalishga xususiy sektorni keng jalb etish, homiylik mexanizmlarini takomillashtirish, klublarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish hamda yangicha moliyaviy tizimni joriy etish bo'yicha fikr almashildi.
Shuningdek, klublar boshqaruvida shaffoflikni oshirish, samaradorlikni kuchaytirish va zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish muhim ekani takidlandi", – deyiladi O'FA xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar