So’nggi yangiliklar

12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  1 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  0 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  1 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  2 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  5 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  3 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда даҳшатли ўйинлар бор  23 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  5

Klublarimiz o'z "maskoti"ga egami? Yangiliklar

Klublarimiz o'z "maskoti"ga egami?

Evropada ko'p o'yinlar paytida stadionda klub timsoli hisoblangan "maskot"larning yurganiga ko'zimiz tushib qoladi.

Mana yaqinda Osiyo Kubogi-2019ga qura tashlandi va Mansur va Jarroh musobaqaning rasmiy timsol sifatida tanishtirildi. Har ikkala "maskot" Osiyo chempionati o'yinlari paytida stadionda yurib muxlislar bilan rasmga tushadi hamda futbolchilarni olg'a undab turishadi. Mansur bu - millionlab bolakaylarning yoqimtoyi, u odamlarga doim yaxshilik ulashadi. Jarroh esa lochin bo'lib, uning rasmi BAA gerbida tasvirlangan. Tashkilotchilar Osiyo futboli yulduzlariga qiyosan ikkinchi "maskot" sifatida Jarrohni tanlashdi.

"Maskotlar" Evropa klublarida talaygina. Kimdadir hayvon, kimdadir qush. Bu asosan klublarning laqabidan kelib chiqib tanlanadi. O'zimizning jamoalarda ham klub timsoli bor. Masalan, "Paxtakor"ning uy uchrashuvlarida "sher", "Bunyodkor" o'yinlarida "qaldirg'och", AGMK ishtirokidagi bahslarda esa "qoplon"ga ko'zimiz tushib qoladi.

SHu bois ham "sherlar", "qaldirg'ochlar", "lochinlar" deymiz. Pro-ligadagi "SHo'rtan" jamoasi o'yinlarida "oq bo'ri"ni ham ko'rganmiz. Ammo Superliganing barcha klublarida ham o'z "maskoti" bo'lmasa kerak.


Jamoalarning o'z "maskoti" bo'lgani yaxshimi? Albatta, yaxshi. CHunki stadionga keluvchi yosh bolakaylar u bilan rasmga tushgisi keladi. Qolaversa, "maskot" o'yin boshlangach o'z jamoasini olg'a undab turadi. 

Bizda ko'p jamoalarning laqabi bor. Superliga klublari misolida oladigan bo'lsak, "Paxtakor" - "sherlar", "Bunyodkor" - "qaldirg'ochlar", "Lokomotiv" - "temiryo'lchilar", "Nasaf" - "ajdarlar", "So'g'diyona" - "bo'rilar", "Navbahor" - "lochinlar", "Neftchi" - "chinorlar". Bu jamoalar o'z laqablaridan kelib chiqib "maskot" yasashlari mumkin, lekin masalan "Lokomotiv" bilan "Neftchi" kimni (nimani) yasaydi, hayronmiz. Aytaylik, mashinistni yasasa bo'lar, lekin daraxtni-chi?




Boshqa klublar hozircha o'z laqabi yoki "maskoti"ga ega emas. Misol uchun "Buxoro", "Metallurg", "Qo'qon-1912" va "Qizilqum". To'g'ri, "Qizilqum" uyda o'ynaganda oxirgi paytlarda "CHip va Deyl" olmaxonlari ko'rinib qoldi. Bundan kelib chiqib "Qizilqum"ni "burunduqlar" desa qalay bo'larkin?

Bu ketishda tez orada Superliganing hamma klubi o'z timsoliga ega bo'lsa ajab emas.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика