So’nggi yangiliklar

23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  6 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  372 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  1 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  0 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0

Klublarimiz legionerlarga jarima to'lashda davom etadi. Navbat "Nurafshon"ga! Yangiliklar

Klublarimiz legionerlarga jarima to'lashda davom etadi. Navbat "Nurafshon"ga!

"Navbahor"ning Kanchelskis bilan muammosi hal bo'lmay turib, "Nasaf"ning Abdelaye Diakite bilan mojarosi paydo bo'ldi.

"Ajdarlar" O'zbekistonga umuman kelmagan franciyalik futbolchiga taxminan 100 ming dollar to'lashga majburligi to'g'risida xabar bergan edik. Bunga klub rasmiylarining qo'pol xatosi sabab bo'lgan. "Nasaf" mazkur ishni yopishga ulgurmasidan, "Nurafshon" etiborga tushishni boshladi...

Championat.asia'ga malum bo'lishicha, yaqinda Buxoro viloyatining bosh jamoasiga FIFAdan bir quloch xat kelib tushgan. Unda jamoaning sobiq darvozaboni Raxat Japarovning hisob raqamiga taxminan 100 mln so'm miqdoridagi mablag' o'tkazib berilishi ko'rsatilgan. 

Xabaringiz bor, "Buxoro" (hozirgi "Nurafshon") 23 yanvar kuni Raxat Japarovning transferini elon qilgandi. Klubga Usmon Toshev kelgach, tajribali Sardor Qobuljonov bilan raqobatda yutqazayotgan turkmanistonlik kiperni qo'yib yuborishga qaror qildi. Va Japarov avgust oyida Dushanbening CSKA klubi tarkibiga borib qo'shilgani oydinlashdi.

Gap shundaki, klub futbolchi bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishib, uning oldidagi qarzdorlik to'liq yopiladigan muddatni aniq qilib ko'rsatgan. Agar "Nurafshon" bu bandni buzadigan bo'lsa, Raxatning mavsum oxiriga qadar belgilangan maoshini to'lashga rozi bo'lgan. Ammo buxoroliklar rahbariyati Japarovning oylik maoshidan qolib ketgan qarzlarni ko'rsatilgan bir necha kun kechikib to'lab berishgan. 

Yuzaga kelgan qulay imkoniyatan foydalangan Japarov va uning yuristlari FIFAga murojaat yo'llagan. Ular yil oxirigacha belgilangan summani undirib berishni talab qilishmoqda. FIFA allaqachon ishni darvozabonning foydasiga hal qildi. Ammo "Nurafshon" bu qarorga nisbatan apellyaciya berishi kutilmoqda.

Malumot uchun, Raxat Japarov 1996 yil 22 yanvar kuni Turkmanistonning Mari shahrida tavallud topgan. Buxoroliklar tarkibida yarim yil davomida faoliyat yuritgan posbon faqat 3 bor maydonga tushgan edi.

"Kino davom etadi": "Nasaf" Diakite uchun jarima to'laydi

Muallif :
Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика