So’nggi yangiliklar

12:50"Арсенал" ён чизиқдан тўп ташлаш бўйича машҳур мураббийни таклиф қилди  0 12:22Палмер Бруну Фернандешга эҳтимолий ўринбосар сифатида кўрилмоқда  1 11:55Рейндерс кўприк тагида ташлаб кетилган чақалоқни боқиб олди  3 11:23Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди  0 10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  3 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  3 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  4 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  4 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  15 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  11 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  3 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  3 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3

Qirg'iz Respublikasi etakchisi "Barselona" prezidenti bilan uchrashdi Yangiliklar

Qirg'iz Respublikasi etakchisi "Barselona" prezidenti bilan uchrashdi

Bugun Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi prezidenti Joan Laporta bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Japarov faxriy mehmonni iliq kutib oldi hamda bir asrlik tarixga ega klubning Qirg'iz Respublikasiga tashrifi barcha qirg'izistonliklar uchun ulkan g'urur ekanligini takidladi.

SHu bilan birga, Sadir Japarov Joan Laporta boshqaruvida kataloniyaliklar sharafini Ronaldino, Messi, Puyol, Xavi, Inesta, Neymar kabi taniqli futbolchilar himoya qilganini va klubning izchil rivojlanishiga qo'shgan hissasini takidladi. Ular o'zlarining ajoyib qobiliyatlari bilan bir necha bor Ispaniya chempioni va CHempionlar ligasi g'olibiga aylanishgan.

“Klub futbol, futzal, gandbol, basketbol, voleybol, regbi va engil atletika bo'yicha jamoalarini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi. Bu yondashuv “Barselona”ni chinakam mashhur klubga aylantirgan. Sizning say-harakatlaringiz, kuchli irodangiz va tinimsiz mehnatingiz tufayli bu maqom saqlanib qolmoqda. Sizning rahbarligingizda futbol klubi Qatarda o'tkazilgan so'nggi jahon chempionatida rekord o'rnatdi, unda “Barselona”ning 17 nafar futbolchisi o'z terma jamoalari sharafini himoya qildi”, — dedi Sadir Japarov.

Davlat rahbari Qirg'iz Respublikasida ilk bor “Barselona” akademiyasining ochilishi milliy terma jamoaning professional darajada yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishi, shuningdek, turizm, sport, investiciyalar va boshqa sohalarni rivojlantirishga ijobiy multiplikativ tasir ko'rsatishini takidladi.

O'z navbatida, Kataloniya jamoasi prezidenti “Barselona” o'z principlari, qadriyatlari va o'yin uslubini turli sport turlarida targ'ib qilishini takidladi hamda Sadir Japarovga Markaziy Osiyoda sport tashkiloti tajribasini ommalashtirish tashabbusini qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Joan Laporta Qirg'iz Respublikasida ochilayotgan yangi “Barselona” futbol akademiyasi klubning boy tarixiga asoslangan holda sportchilarning shaxsiy o'sishiga hissa qo'shishiga, ularning salohiyatini maksimal darajada oshirishga, shuningdek, muxlislarning sportga bo'lgan munosabatini ijobiy tomonga o'zgartirishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv so'ngida Sadir Japarov Qirg'iz Respublikasida “Barselona” futbol akademiyasining ochilishida ko'rsatgan yordami va shu munosabat bilan o'tkazilgan tadbirlarda shaxsan ishtirok etgani uchun Joan Laportaga yana bir bor minnatdorchilik bildirdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика