So’nggi yangiliklar

09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  0 08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  2 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун нимчорак финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз  6 02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  11 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  4 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  4 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  6 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  17 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  4 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21

"Manchester Siti" - jahon chempioni! Yangiliklar

"Manchester Siti" - jahon chempioni!

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining finalini matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Manchester Siti" (Angliya) – "Fluminense" (Braziliya) 4:0

22 dekabr, 23:00 | "King Abdullah Sports City"

Gollar: Xulian Alvares (1, 89), Nino (27), Fil Foden (72).

"Manchester Siti": 31. Ederson, 6. Natan Ake (52. Oskar Bobb, 82), 3. Ruben Diash, 5. Jon Stounz (24. Yoshko Gvardiol, 75), 2. Kayl Uoker, 16. Rodrigo (25. Manuel Akanji, 75), 82. Lyuis (8. Mateo Kovachich, 60), 10. Jek Grilish, 20. Bernardu Silva, 47. Fil Foden (27. Mateush Nunesh, 81), 19. Xulian Alvares.

Zaxiradagilar: 18. Stefan Ortega, 33. Karson Skott, 4. Kelvin Fillips, 21. Serxio Gomes, 68. Maks Alleyn, 76. Mahamadu Susoxo, 92. Mika Xemilton.

"Fluminense": 1. Fabio, 12. Marselo (5. Alekssander, 60), 30. Felipe Melo (40. Diogo Barbosa, 60), 33. Nino, 2. Samuel Xaver, 8. Martinelli, 7. Andre, 11. Keno (9. Jon Kennedi, 46), 10. PX Ganso (45. Lima, 60), 21. Jon Arias, 14. German Kano.

Zaxiradagilar: 22. Pedro rangel, 98. Vitor Eudes, 4. Marlon, 20. Daniel, 23. Guga, 29. Tiago Santos, 38. Yoni Gonsales, 44. David Bras, 

Ogohlantirish: Marselo (57), Alekssander (68), Jon Kennedi (84).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Siti" - jahon chempioni!

89. GOOOOOOOOLLLL!! Alvaresdan dubl! Daxshat! Xulian barcha turnirlar bosh sovrinini yutmoqda!

79. ZARBAAAAA!! Jon Kenedi bir necha raqibini ortda qoldirib, 20 metrlardan Ederson darvozasini nishonga oldi. Braziliyalikning zarbasini braziliyalik posbon qaytarib yubordi.

75. Jarohat olgan Rodri almashtirildi.

72. GOOOOOOOOOLLLL!! Foden zo'r vaziyatdan ideal tarzda foydalandi!


70. Rodri tibbiy yordam oldi va maydonni tark etdi va o'yinga qaytdi.

68. UXXXXX!! Rodri jarohat oldi. Alekssanderga sariq.

65. Lima "Siti" jarima maydonchasiga yorib kirdi. Biroq uning zarba berishiga yo'l qo'yishmadi.

62. UXXXXX! Kovachichning uzatmasidan keyin Diash boshi bilan zarba yo'lladi. Noaniq.

57. Marselo ogohlantirildi.

52. ZARBAAAAA!! Hisob yiriklashishi mumkin bo'lgandi. Bunga Fabio yo'l qo'ymadi.

47. "Siti" ikkinchi bo'limni ham birinchisidagi kabi gol bilan boshlashi mumkin edi. Lekin bu safar dabl seyvi bilan Fabio "yo'q" dedi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi, tanaffus!

SHok xabar. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi)

42. ZARBAAAAAA!! Grilishning zarbasini Fabio qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

40. UXXXXX!! Edersondan zo'r seyv ko'rdik! Burchakdan uzatilgan to'pga Arias boshi bilan zarba yo'lladi. Ederson to'pni qaytarib yubordi.

38. O'yin tempi tushib ketdi. "Siti" to'pni egallab olgan va raqiblariga bergisi kelmayapti.

33. Tomonlar tomoqni xo'llab olishdi. Tashqarida Xolandning kayfiyati ajoyib.

27. GOOOOOOOLLLL!!!  Fodenning yo'llagan zarbasi Ninoga tegib, darvozaga kirib ketdi.

26. "SHaharliklar" doimgidek hujumda. Grilishning havolatib uzatmasini Marselo qaytarib yubordi.

22. "Siti" hujumga o'tdi. Grilish jarima ishlab oldi.

18. "Fluminense" posboni pas o'ynash bo'yicha "Siti" futbolchilaridan qolishmayapti. Istalgan paytda "risk" qilmoqda.

16. UXXXXXX!! "Fluminense" avvaliga penaltiga ega bo'ldi, keyinchalik offsayd qayd etildi. VAR ishga tushdi va offsayd tasdiqlandi.

11. "Siti" ham shunday qildi. Biroq o'z uslubini o'xshata olmadi. Lekin "Fluminense" hujumni xavflilashtira olmadi.

8. Qoyil. "Fluminense" o'z jarima maydonchasi ichida "Siti" pressingidan chiqib ketishga qiynaldi. Lekin faqatgina kichik paslar orqali taqibdan chiqib keta oldi.

6. "Fluminense" 3 qavatli himoya tashkil qildi. "Siti" esa gol urib olgani uchun shoshilayotgani yo'q.

4. "Siti" yana hujumda. Qanotdan uzatilgan to'p rikoshet hosil qildi va darvozabon qo'llariga borib tushdi.

1. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! 42-soniyadayoq hisob ochildi! Darvoza ustuniga tegib qaytgan to'pni Xulian Alvares ko'kragi bilan darvozaga kiritdi!

1. Uchrashuv boshlandi!

- Uchrashuv starti uchun barcha narsa shay!

- Ajoyib tashkilotchilik! Jamoalar stadionga chiqib kelishmoqda.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Bahs startiga oz vaqt qolmoqda!

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика