Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida "Leon"ning o'rnini qaysi jamoa egallashi mumkin?
21 mar 2025 22:14
Yangiliklar
Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida "Leon"ning o'rnini qaysi jamoa egallashi mumkin?
"Liverpul" yoki "Barselona" klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin.
Juma kuni FIFA Meksikaning "Leon" klubi shu yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmasligini malum qildi. FIFA ushbu klubning o'rnini kim to'ldirishini keyinchalik elon qilishini yozib o'tdi.
Ispaniyaning "Sport" nashri malumotiga ko'ra, hozirda ushbu o'rin uchun "Liverpul" hamda "Barselona" davogarlik qilmoqda.
Qayd etish kerak, klublar o'rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichiga o'tgan yili qura tashlangan va unda "Leon" "Flamengo", "Esperans" hamda "Chelsi" bilan bir guruhdan o'rin olgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar