Klopp: "Saloh endi hammasi yaxshi bo'lishini kutadigan bolakay emas"
01 sen 2018 13:34
Yangiliklar
Klopp: "Saloh endi hammasi yaxshi bo'lishini kutadigan bolakay emas"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa yarim himoyachisi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi.
"Saloh - juda aqlli inson. U o'tgan mavsum oxiriga bog'lanib qolmagan va yangi shaxsiy rekordlarga intilmayapti. U istaydigan narsa - gol urish va futbol o'ynash. Saloh endi hammasi yaxshi bo'lishini kutadigan bolakay emas. Agar u boshqa yaxshi natija ko'rsata olmasligini his qilsa yanada ko'proq ishlay oladi.
Saloh va Misr futbol federaciyasi o'rtasidagi kelishmovchilikdan havotir olmayapman. Muhammad bilan suhbatlashdik va bu uning klubdagi ishiga halal bermasligini tushundim. Bilaman, u milliy jamoada ham to'p tepmoqchi. So'nggi bor qachon Misr terma jamoasida Salohdek futbolchi bo'lgan?" - deydi Klopp.
Fikrlar