So’nggi yangiliklar

03:00ЕЧЛ. "Ливерпуль" "Энфилд"да "Реал Мадрид"ни ожиз қолдирди. Мбаппе муҳим паллада пенальтидан гол ура олмади  145 02:55ЕЧЛ. "Ювентус" ва "Астон Вилла" дуранг ўйнашди. "Боруссия Д"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  7 02:14Руд ван Нистелрой шу ҳафтанинг ўзида АПЛ клубида иш бошлайди!  0 00:50ОЧЛ-2. "Насаф" ўз уйида Қувайт клубига мағлуб бўлди, Комилов иккинчи голда қўпол хатога йўл қўйди  2 00:03"Бавария" Носир Ал Ҳелайфидан узр сўради  1 23:30ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" 0:2 ҳисобида орта бора туриб, якунда супер камбэк қайд этди. "Насаф" расман гуруҳда қолиб кетди  13 22:59Жамшид Искандеров "Навбаҳор"ни тарк этди(ми?)  14 22:37Рўзиқул Бердиев: "Мавсумнинг қайсидир қисмида 12 та мағлубиятсиз серия қайд этаётгандик, ҳозир эса кетма-кет тўртта мағлубият. Жуда ҳунук ҳолат"  49 21:51Тони Кроос "Golden boy" тақдимотида йил ўйинчиси мукофотига лойиқ кўрилди  4 21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  10 21:04ОЧЛ-2. "Насаф" чемпионликдан кейинги 4-ўйинида ҳам мағлуб бўлди  316 20:40Расман: "Интер Майами" Луис Суарес билан янги шартномани узайтирди  2 19:54Санья Мбаппе ҳақида: "Роналду "Реал"даги фаолиятини яхши бошламаган, Бенземанинг трансферини хато, Бекхэмникини эса омадсизлик деб аташган. Улар клуб афсоналарига айланишди"  7 19:26Моуринью: "Педри менда "Барселона"дан кўра кўпроқ таассурот қолдирди"  4 18:53Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритади. Бу ҳақда бугун эълон қилинади  2

Klopp, Roys, Mbappe va boshqalar - yozda bizni kutayotgan "ayriliqlar" Yangiliklar

Klopp, Roys, Mbappe va boshqalar - yozda bizni kutayotgan "ayriliqlar"

Ularning hammasi ham – janjallarsiz va chiroyli tarzda amalga oshmayapti.

Mavsumning kulminacion qismiga etib keldik, desak mubolag'a bo'lmas. CHempionlar Ligasi finalchilari malum, milliy chempionatlarda sanoqli turlar qoldi. Mavsum yakunlanib, hamma "yozgi tatilga" chiqib ketmasidan ushbu mavzuga etibor qaratishni lozim topdik. Kim nimaga erishdiyu, kim nimaga ulgurmadi... 


Tomas Tuxel va "Bavariya"

"Bavariya" uchun joriy mavsum chinakamiga omadsiz bo'ldi, ammo bunda bor aybni faqatgina Tuxelga yuklab qo'yish adolatdan bo'lmaydi. Qizig'i, klub rahbariyati ham murabbiyni qo'llab-quvvatlashi sezilmadi. CHempionlar Ligasi chorak finalidan oldin klubning faxriy prezidenti ochiychasiga Xabi Alonsoni taklif qilish masalasini, jamoa yarim finalga chiqqanidan keyin esa – Nagelsmann "Bavariya"ni emas, terma jamoani tanlaganidan afsusdaligini muhokama qildi. "Real" bilan muhim bahsdan avval esa – Tomas yosh futbolchilar bilan yaxshi ishlamasligi, ularning o'sishiga zamin yaratmasligi bo'yicha tanbeh berdi.


Tushunarli, Tomasni ishga avvalgi rahbarlar taklif qilishgan. Hozirgi boshliqlar o'zlarining odamlarini qo'yishni maqul ko'rishadi, biroq klubning amaldagi bosh murabbiyiga keng omma oldida bunday munosabatda bo'lish... Etiborlisi, murabbiy shunday holatda ham ECHL yarim finaligacha etib bordi va "Real" bilan tengma-teng kurashdi.

Klub tarixidagi eng yaxshi murabbiy bo'lmasada, Tuxel Myunxenni boshi egik holda tark etmaydi. Murabbiy de Ligtni zaxiraga o'tqizib qo'ydi va xatolariga qaramay, Kimga ishonch bildirdi. Aynan Tomas jamioaga kelgach, bir qancha futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi yo'qoldi va umumiy olganda, Tuxel kiyinish xonasida etarli avtoritetga ega bo'la olmadi. Hozircha bir qancha murabbiylar Bavariya" taklifini rad etib ulgurishdi, ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Biroq vaziyat o'zgarib qolgan taqdirda ham Tuxel klubdan o'zi ketishi zarur. Sizni ko'rishni istashmasa, u erda uzoq qolish noto'g'ri qaror bo'ladi.


Yurgen Klopp va "Liverpul"

Kloppning "Liverpul"dagi oxirgi mavsumi haqida ko'p gapirildi. Klub muxlislari jamoa o'zi ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda zafar quchib, murabbiy bilan chiroyli tarzda xayrlashishini orzu qilishgandi. Mavsumning malum qismiga kelib, buni uddalash ham mumkindek ko'rina boshladi, ammo hal qiluvchi pallaga kelganida... 

Yurgen klubdan ketishini elon qilganida, unga bo'lgan mehr-muhabbatning qanchalik darajada ekanligini yaqqol ko'rish mumkin bo'ldi. Axir aynan u "qizillar"ni Evropa – "Real" uchun ECHLdagi va "Man Siti" uchun APLdagi asosiy raqobatchiga aylantira oldi. Malum yuutqlarga erishdi, to'g'ri muxlis zoti doimo ko'prog'ini kutib yashaydi, lekin – chempionat oltin medallari va evrokubokdagi g'alaba tarixda qoladigan natija. Klubda inqiroz davri boshlanganida "men "Liverpul" bilan ajoyib davrni boshdan o'tkazdim, endi boraqolay", deb boshqa yaxshiroq variantni tanlab ketmadi. Kelajakda ajoyib jamoa bo'la oladigan top-loyihaga tamal toshini qo'yib ketmoqda. 

To'g'ri, "Liverpul" faqatgina Liga Kubogini qo'lga kiritdi, qolgan musobaqalardan chiqib ketdi, chempionatda bor yo'g'i kuchli uchlik uchun kurashmoqda. Biroq shu o'rinda Klopp jarohatlar tufayli mavsumning kattagina qismini faqatgina klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan o'tkazganini unutmaslik zarur. Qaytadan qurilayotgan jamoa birdaniga barcha sovrinlarni qo'lga kirita olganida, PSJ hech bo'lmasa 2-3 ta ECHL kubogini muzeyiga oborib qo'ygan bo'lardi.  

Orada Salah va Klopp o'rtasida mojaro yuz bergandek bo'ldi, ammo tajribali murabbiy barchasini tezda hal qildi: "Biz Salah bilan bir-birimizni anchadan beri bilamiz va aynan shuning uchun arazlashib yurishimiz imkonsiz", dedi. Oldinda "Aston Villa" va "Vulverxempton" bilan o'yinlar kutib turibdi. Bu ikki bahsda "Liverpul" shunday yorqin futbol namoyish etishi kerakki, barcha Klopp davrini sog'inch bilan eslaganda ana shunday chiroyli futbol yodiga tushsin.


Marko Roys va "Borussiya"

Marko Dortmundda tavallud topgan va "Borussiya"da katta bo'lgan. Faoliyati davomida faqatgina shaharni alishtirdi, klub nomini emas – 2012 yilda esa "qora-sariqlar" safiga qaytgan va boshqa hech qaerga ketmadi. Sodiqlik timsoliga aylangan Roysning faoliyatiga havas bilan qarash uchun sovrinlarning yo'qligi ham halaqit qilmayapti.

Yozda xayrlashishga to'g'ri keladi – bu haqida elon qilib ulgurishdi. SHartnoma muddati yakuniga etadi va tomonlar uni uzaytirmoqchi emas – Roysning yoshi o'tib bormoqda, jarohatlar hamon uni bezovta qilib kelmoqda va yoshlarga yo'l berish vaqti ham kelgandek.

Markoning hikoyasi o'tgan mavsum ajoyib yakunlanishi mumkin edi. "Borussiya" oxirgi turiga Bundesliga etakchisi sifatida etib bordi. Biroq alamli tarzda bosh sovrin "Bavariya"ga nasib qildi. Bu mavsum esa hech kim kutmaganida "arilar" ECHL final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Raqib "Real" bo'lsa ham ushbu vaziyatdan maksimum foydanalish shart. Roys bunga loyiq.


Stefano Pioli va "Milan"

Jamoaga titulni qaytardi, ammo stabillik bera olmadi. Leauning imkoniyatlaridan maksimum foydalandi – biroq "Rafa vaziyatlardan foydalana olmaydi" degan tag'mani olib tashlay olmadi. Yaqindagi transfer kampaniyasi esa murabbiyning zarariga ishladi. O'tgan yozdagi transfer bozoridagi faollik, jamoadan katta natijalar kutilishiga sabab bo'ldi. O'tgan mavsum muvaffaqiyatli bo'lmagan bo'lsada, ECHL yarim finali kamchiliklarga ko'z yumishga sabab bo'ldi. Yangi futbolchilarni sotib oldik – endi hammasi yaxshi bo'ladi.

O'xshamadi. Kelganlarning hammasi ham o'ynab keta olmadi, foydali ish koefficienti baland bo'lmadi va maydon markazidagi muammolar hal bo'lmadi. Stefano bu kamchilikni hal qilguncha, klub evrokuboklardan chiqib ketdi va mavsum final qismiga kelibgina 2-o'ringa ko'tarilib oldi.

Jamoa yana sovrinlarsiz qolmoqda. Evropa Ligasi 1/4 finalida "Roma"ga imkoniyat boy berilishi va medallar uchun kurashdagi ishonchsizlik, mutaxassis bilan xayrlashishga turtki bo'ldi.

Tuxel kabi "rossoneri" yaxshi murabbiyni yo'qotayotganini tushuntirish. Oxirgi to'rt o'yinda 0 g'alaba va "Inter"ga boy berilgan derbi – 1:2. "Torino" va "Salernitana"ga qarshi o'yinlarda yorqin g'alaba zarur.


Kilian Mbappe va PSJ

Forvard PSJ darajasidan o'tib ketganiga ancha bo'ldi, biroq aynan parijliklar bilan tarixiy yutuqlarga erisha olishiga umid qilgandi. Aynan shu o'y bilan u ikki yil avval "Real" taklifini rad etgandi. Xatolardan xulosa chiqarishning o'rniga "shayxlar" pullarni sochishda davom etishdi va jamoaning ichki muhiti yomonlashaverdi. Endilikda Kilian vaziyatga real qarashni boshladi – zamonasining eng zo'r futbolchisi bo'lishning boshqa yo'li yo'q, imkoni bor barcha sovrinlarni qo'lga kiritish uchun unga kuchli klub zarur. Uning Madridga ko'chib o'tishi deyarli hal bo'lgan masala (Kilian o'ziga uy ham topib qo'ygan).



ECHLdagi g'alaba Mbappe Parijni qirol sifatida tark etishi uchun zamin bo'lardi va hech kim ortiqcha gap gapira olmasdi. Bu "Pari Sen-Jermen" tarixida ham yangi sahifa ochilishi bo'lardi. Jan-jallar, kelishmovchilik va aqlbovar qilmas voqealarga boy bo'lgan yo'lning chiroyli yakuni bo'lardi. Uzoqqa bormaylik, mavsum avvalida forvardni tarkibdan chetlatishgan va yil davomida uni asosiy tarkibga yaqinlashtirmoqchi emasdilar – u esa maydonda barchasiga javob bergan bo'lardi, biroq o'xshamadi. Kilian PSJ futbolchisi sifatida "Park de Prens"dagi oxirgi o'yinida gol urdi, bundan keyin bo'ladigani yangi tarix bo'ladi.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика