Klopp qaysi uchrashuvdan so'ng insult bo'lib qolishi mumkin bo'lgani haqida gapirdi
18 may 11:01
Yangiliklar
Klopp qaysi uchrashuvdan so'ng insult bo'lib qolishi mumkin bo'lgani haqida gapirdi
Liverpul ustozi Yurgen Klopp 2019 yil bo'lib o'tgan Lester - Manchester Siti (0:1) uchrashuvini yodga oldi.
Ushbu bahsning so'nggi daqiqalarida Vensan Kompani «Lester» darvozasiga uzoqdan super gol urib, jamoasiga g'alaba taqdim etgan. SHu gol orqali «shaharliklar» «Liverpul»ni ortda qoldirib, chempion bo'lishgandi.
«Ushbu o'yindan so'ng men insult bo'lib qolmaganimga haligacha xursand bo'laman. Men uchrashuvni uyda tomosha qilayotgandim. O'shanda Kompani tepishidan oldin Meddison, Meddison to'pga tashlan deb baqirganman. Zarbani yopish kerak edi, biroq bu sodir bo'lmadi. SHundan buyon men Meddisonni yomon ko'raman», — dedi Klopp.
Fikrlar