Klopp “Liverpul”ning yangi futbolchisi haqida: “Uni uzoq vaqtdan beri kuzatayotgandik”
31 jan 2022 09:45
Yangiliklar
Klopp “Liverpul”ning yangi futbolchisi haqida: “Uni uzoq vaqtdan beri kuzatayotgandik”
Mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp “Portu” vingeri Luis Diasning transferi haqida fikr bildirdi.
“U biz uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotgan qoyilmaqom futbolchi. Unda bizning o'yin uslubimiz va APLga ham jismonan, ham ruhan moslashish uchun kerak bo'lgan barcha jihatga ega deb o'ylaymiz.
U g'alabalarga intiladi va istagan narsangizga erishish uchun kurashish kerakligini biladi. SHubhasiz u jangchi. Doimo darvozani nishonga oladigan mahoratli jamoaviy o'yinchi.
Jamoamiz uning yuksalishiga xizmat qiladi. Luisga qarshi mavsum boshida o'ynaganimizda, uning qanchalik xavfli ekani, tezkorligi va xarakteri jamoasiga yordam berishga qaratilganligiga guvohi bo'lgandik”, deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar