Klopp: "Gollar g'alaba keltiradi, gol o'tkazilmagan o'yinlar - chempionlikdir"
01 sen 2018 15:08
Yangiliklar
Klopp: "Gollar g'alaba keltiradi, gol o'tkazilmagan o'yinlar - chempionlikdir"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'ygan jamoa uchun himoyadagi o'yin juda muhim ekanligini aytdi.
"Gollar g'alaba keltiradi, gol o'tkazilmagan o'yinlar - chempionlikdir. Futbolda doim shunday bo'lgan. Bu juda eski qoida, ammo hali ham amalda. Hujum chizig'ingiz dunyodagi eng yaxshisi bo'lishi mumkin, biroq agar har o'yin ikki yoki uchta gol o'tkazib yuborsangiz g'alaba qozonish kerak bo'lgan bahslarda zafar qucha olmaysiz" - deydi Klopp.
"Liverpul" joriy mavsum Angliya Premer-ligasining barcha o'yinlarida g'alabaga erishdi va darvozasidan gol o'tkazib yubormadi.
Fikrlar