Klopp: "CHempionlar ligasi - sayyoramizdagi eng yirik turnir"
31 avg 2018 13:10
Yangiliklar
Klopp: "CHempionlar ligasi - sayyoramizdagi eng yirik turnir"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp CHempionlar ligasi guruh bosqichi qura natijalari haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, "qizillar" keyingi bosqichga chiqish uchun PSJ, "Napoli" va "Crvena Zvezda" bilan o'ynaydi.
"To'g'risin aytsam, quradan oldin biror jamoa bilan tushishni niyat qilmagan edim. Guruhda kuchli raqiblar bo'lishin kutgandim - shunday ham bo'ldi. SHu sababli CHempionlar ligasi - sayyoramizning eng yirik turniri. Bu musobaqada hech qaysi klubga oson bo'lmaydi. Albatta, PSJ va "Napoli" bor guruhni ko'rib u erda "Liverpul" ham bo'lishini istamagan bo'lardingiz.
O'tgan mavsum ortda qoldi, endi hammasini takrorlashimiz kerak. Qolgan jamoalar ham shunday. Biz guruhdan chiqmoqchimiz, bu oson bo'lmaydi, ammo hozirdanoq ushbu maqsad uchun harakatni boshlaymiz" - deydi Klopp.
Fikrlar