Klopp "Bavariya"ning Manega qiziqishi xususida: "Sadio bor etiborini CHempionlar Ligasi finaliga qaratgan"
28 may 2022 21:57
Yangiliklar
Klopp "Bavariya"ning Manega qiziqishi xususida: "Sadio bor etiborini CHempionlar Ligasi finaliga qaratgan"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Bavariya" qiziqishiga sabab bo'layotgan hujumchi Sadio Manening ketishi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytardi.
"Mane hozir hayotidagi eng yaxshi sport formasida. Uning o'yinlarini tomosha qilishdan zavqlanaman.
"Bavariya" haqidagi mish-mishlar borasida hech narsa demayman. Sadio bor etiborini CHempionlar Ligasi finaliga qaratgan. Ammo muhim o'yin arafasida “Bavariya” haqida mish-mishlarga birinchi marta duch kelayotganim yo'q (kuladi).
Mane keyingi mavsumda qaerga bormasin, u qoyilmaqom futbolchi bo'lib qoladi", – dedi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, bugun "Liverpul" Parijda CHempionlar Ligasi finalida Madridning "Real" jamoasi bilan o'ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar