Kilian Mbappe Franciya terma jamoasiga chaqirilmadi
03 okt 2024 19:13
Yangiliklar
Kilian Mbappe Franciya terma jamoasiga chaqirilmadi
Franciya milliy terma jamoasining oktyabr oyidagi yig'in hamda Millatlar Ligasi doirasidagi uchrashuvlar uchun tarkibi elon qilindi.
Dide Desham ushbu o'yinlar uchun 23 nafar futbolchini chaqirdi.
Darvozabonlar: Areola, Menyan, Samba
Himoyachilar: Klauss, Din, Uesli Fofana, Teo Enandes, Konate, Kunde, Saliba, Upamekano
Yarim himoyachilar: Kamavinga, Yussuf Fofana, Gyonduzi, Kone, Tchuameni, Zair-Emeri
Hujumchilar: Barkola, Dembele, Kolo-Muani, Nkunku, Olise, Tyuram.
Ko'rib turganingizdek, qaydnomada Kilian Mbappe yo'q. Avvalroq, terma jamoa sardori tiklanishi uchun vaqt talab qilinishi va u Franciya terma jamoasiga chaqirilmasligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, Millat Ligasida Franciya terma jamoasi 10 oktyabr kuni Isroilga qarshi, 14 oktyabrda esa Belgiya termasiga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar