So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  10 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Keyingi hafta o'tkazib yuborish mumkin bo'lmagan super o'yinlar! Yangiliklar

Keyingi hafta o'tkazib yuborish mumkin bo'lmagan super o'yinlar!

Teglar :  OCHLECHL
Kelasi hafta OCHL va ECHL doirasida bir qator qiziqarli va muhim o'yinlar bo'lib o'tadi.

12 fevral, dushanba.
"Lokomotiv" - "Al Vahda" (16:00)

O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" OCHL guruh bosqichidagi ilk turni o'z uyida o'tkazadi. "Temiryo'lchilar"ning ilk raqibi BAAning "Al Vahda" jamoasi bo'ladi.

"Lokomotiv"ning bu yilgi Osiyo chempionlar ligasida ko'zlayotgan maqsadi ancha jiddiy. Buni jamoa olib borgan transfer kompaniyasidan ham payqash mumkin. Sardor Rashidovni tarkibga qo'shib olinganining o'ziyoq muxlislarda ushbu jamoaning o'yiniga bo'lgan qiziqishni keskin oshirib yuborishi mumkin.

Yangi haftaning ilk kunidagi mazkur bahs nafaqat "Lokomotiv", balki o'zbek futboli uchun ham muhim o'yin sanaladi.
Futbolga chanqoq muxlislarimiz esa yangi mavsumdagi "Loko"ni tezroq ko'rishni istashmoqda. Demak yangi hafta biz uchun juda muhim bahs bilan boshlanadi.


13 fevral, seshanba.
"Persepolis" - "Nasaf" (18:45)

OCHL guruh bosqichiga yo'llanmani ajoyib g'alaba bilan qo'lga kiritgan "Nasaf" Eronga safar uyushtiradi. Erondagi bahaybat "Ozodi" stadionida "Nasaf"ni "Persepolis" jamoasi mehmon qiladi. Mazkur bahsda vakillarimizga oson bo'lmasligi aniq.
SHuni qayd etish kerakki, "Nasaf" va Ro'ziqul Berdiev uchun Eron safari har gal muvaffaqiyatli tugagan. Dastlab 2012 yil "Istiqlol" bilan "Ozodi"da durang qayd etgan Berdiev, 2015 yili "Traktorsozi"ni mag'lub etib qaytgandi. Bu gal vaziyat qanday bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Umid qilamizki, "Nasaf" bu safar ham Eron safaridan quruq qo'l bilan qaytmaydi.



Evropa chempionlar ligasida yangi haftada chinakamiga qiziqarli o'yinlar bilan boshlanadi. Evropa futbolidan zavq oladigan paytlar yaqinlashmoqda.


ECHL, nimchorak final.

13 fevral, seshanba.

"Yuventus" - "Tottenxem" (00:45)
"Bazel" - "Manchester Siti" (00:45)

14 fevral, chorshanba.
"Portu" - "Liverpul" (00:45)
"Real" - PSJ (00:45)

Evropa ligasi, 1/16 final.
"Napoli" - "Leypcig" (01:05)


Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика