So’nggi yangiliklar

17:02Ди Канио: "Леау майдонда сайр қиляпти"  0 16:33Абдуқодир Ҳусанов Тимбер, Вальверде, Бернарду Силва, Олисе, Осимхен ва Кейн билан бир рўйхатда  0 16:05"Барселона"да янги Месси пайдо бўлиши мумкин  3 15:37Ўзбекистон U-15 терма жамоаси РФА U-16 билан дуранг ўйнади  0 15:15Эшитдик-да! "Манчестер Сити" "Ланс"дан яна бир футболчи сотиб олмоқчи  0 14:47Эрон ФИФАдан ўйинларини АҚШдан Мексикага кўчиришни сўрамоқда  4 14:19"Барселона"да Хулиан Альварес эҳтимолий трансфери ҳақида фикр билдирилди  0 13:51Карло Анчелотти: "Реал"дан кейин бошқа клубда ишлашни истамадим"  0 13:26"Арсенал" янги ҳужумчи топди  0 12:58Испания терма жамоаси Аргентина ўрнига тезда янги рақиблар топди  2 12:30Манба: "Барселона" Флик билан шартномани узайтиради  0 12:01"Нефтчи"нинг грециялик мураббийи: "Соврин қўлга киритиш — бу таърифлаб бўлмайдиган туйғу"  15 11:35Аёллар Жаҳон чемпионати энди орзу эмас  10 10:52Неймар Анчелоттининг қарорига муносабат билдирди  1 10:27Гвардиола деярли 100 миллион евролик ҳимоячини сотиб олишни сўради  9

"SHabab Al Ahli" bosh murabbiyi: "Nasaf"ga qarshi o'yinda Azmunni maydonga tushirmaganimga bir qancha sabab bor" Yangiliklar

"SHabab Al Ahli" bosh murabbiyi: "Nasaf"ga qarshi o'yinda Azmunni maydonga tushirmaganimga bir qancha sabab bor"

OCHL-2 doirasida “Nasaf”ga qarshi o'yindan keyin (1:2) tashkil etilgan matbuot anjumanida "SHabab Al Ahli" bosh murabbiyi Paulu Souza ishtirok etdi.

- Bugungi o'yin haqida qanday fikrdasiz?
- G'alaba bilan "Nasaf" bosh murabbiyi va futbolchilarini tabriklayman. Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Raqib jamoaning ikkinchi bo'limdagi o'yinini etirof etish joiz. Ular tanaffusdan butkul boshqacha kayfiyatda chiqishdi va o'yin tizginini o'zgartirishdi. SHogirdlarim bazi vaziyatlarda poziciya tanlashda xatoga yo'l qo'yishdi. Qolaversa, ikkinchi bo'limda yigitlarda toliqish alomatlari paydo bo'ldi. SHu bois, o'zgarishlar amalga oshirdik. Biroq zaxiradan maydonga tushgan o'yinchilar o'zini oqlamadi. Bundan tashqari, ikkinchi golni o'tkazib yuborishimizdan avvalroq juda qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmagandik. Futbolda shunday naql bor: "Sen urmasang — senga urishadi". Bu gap amalda o'z tasdig'ini topdi. "Nasaf" ikkinchi bo'limdagi o'yini evaziga haqli g'alaba qozondi, meni raqibni tabriklashdan boshqa choram yo'q.

- Bugungi o'yinda Sardor Azmunni maydonga tushirish ehtiyoji paydo bo'lmadimi?
- Azmunning bizga yordami tekkan bo'lardi. U istedodli hujumchi va poziciyalarga ochilish hamda so'nggi qarorni qabul qilishda boshqalardan tajribaliroq hisoblanadi. Ammo uning maydonga tushirmaganimga bir qancha sabab bor. Azmunga biroz vaqt kerak. Hozircha tarkibda uning o'rnini bosadigan futbolchilar bor. SHu bilan birga, u jarohatlar tufayli oxirgi ikki yilda o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Sardor eski formasini tiklab olsa, bizga katta yordami tegadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика