Kevin de Bryuyne: “Hali hech narsaga erishganimiz yo'q”
27 fev 2020 08:28
Yangiliklar
Kevin de Bryuyne: “Hali hech narsaga erishganimiz yo'q”
“Real”-“Manchester Siti” uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi bellashuvdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Ikkita o'yindan iborat duelning ajoyib ibtidosi bo'ldi. Ikkinchi bo'limni yaxshi boshladik. Ularning goli kutilmagan bo'ldi, boisi bu vaqtda biz ustunlik qilayotgan edik. Golga bo'lgan reakciyamiz esa ajoyib bo'ldi. Jezusning goli qoyilmaqom chiqdi. Pepning kadrlar bo'yicha qarori? U bazan hayron qoldirishni yaxshi ko'radi. U gohida futbolchilarga maydonda aniq nima qilish kerakligini ham aytmaydi. Biroq biz endigina yo'lning yarmida turibmiz. Hali hech narsaga erishmadik, uyda ham yaxshi o'ynash kerak. Qayta tiklanishga jiddiy etibor qaratish lozim. Oldinda “Aston Villa”ga qarshi final bellashuvi kutib turibdi”, — deydi Kevin de Bryuyne.
Fikrlar