Kelishilgan o'yinlar ishi bo'yicha uch futbolchi hibsga olindi
24 avg 18:38
Yangiliklar
Kelishilgan o'yinlar ishi bo'yicha uch futbolchi hibsga olindi
Sidneyda uch futbolchi kelishilgan o'yinlarda gumonlanib hibsga olindi.
Futbolchilar Avstraliyaning oliy ligasida ishtirok etuvchi "Makartur" klubi vakilllari hisoblanishadi. Jamoa sobiq sardori Ulises Davila, yarim himoyachilar Kerin Bakkus va Kleyton Lyuis 22 avgust kuni kelishilgan o'yinlar sxemasini tashkillashtirish ishi bo'yicha sud oldida javob berishdi.
Tekshiruv ishlari davomida BetPlay Colombia, Bet365 New Jersey va Bet365 Bulgaria bukmekerlik idoralari malumotlaridan foydalanildi.
Taxminlar bo'yicha, may oyida "Makartur"ni tark etgan Davila futbolchilar va nomi oshkor qilinmagan Kolumbiya jinoiy guruh o'rtasida vositachilik qilgan.
Klub sobiq sardori Bakkus va Lyuisga A liga o'yini vaqtida sariq kartochka olishgani uchun 10 ming dollargcha pul to'lagan.
Fikrlar