So’nggi yangiliklar

19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   1 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14

"Kelajak umidlari" tadbiri bugun Yashnobod tumanida davom ettirildi (foto+video) Yangiliklar

"Kelajak umidlari" tadbiri bugun Yashnobod tumanida davom ettirildi (foto+video)

O'zbekiston futbol federaciyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bolalar uchun "Kelajak umidlari" tadbiri bugun Yashnobod tumanidagi maktab va maktabgacha talim muassasalarida davom ettirildi.

Bugun O'FF vakili Begzod Aripov, Toshkent shahar futbol federaciyasi vice-prezidenti Nodirxo'ja Yuldashev, "Paxtakor" futbol klubi etakchilari Kamoliddin Tojiev bilan Jamshid Iskanderov, "Odil Junior Carpi" futbol maktabi murabbiylari hamda saytimiz xodimlari tumandagi 204, 244-o'rta maktab, shuningdek 149, 557-bolalar bog'chalarida bo'lib, bolakaylarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram sovg'alarini topshirishdi.

Tadbir shunchaki bolalarga sovg'a ulashishdan iborat bo'lmadi, balki har bir bog'cha va maktabdagi bolakaylar bilan turli sport tadbirlari ham tashkil qilindi. Bolalar o'rtasida qiziqarli estafelar o'tkazildi. Ayniqsa 204-o'rta maktabdagi futbol musobaqasi juda qizg'in kechdi. Bunda Jamshid Iskanderov boshchiligidagi bolalar jamoasi Kamoliddin Tojiev jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Albatta, bu tadbir ham futbolsiz o'tmadi. Bolajonlar to'p tepib o'yindan zavq olishdi. Hammaning etiborini o'ziga qaratgan penaltilar seriyasi esa bolakaylarning o'ziga ham juda manzur bo'ldi. Ertaga bunday tadbirlar poytaxtning barcha tumanlari bo'ylab yana davom ettiriladi. Eng asosiysi Yangi yil bayrami arafasida bolajonlarning kayfiyati ko'tarilsa bo'lgani.

TAS-IX


























Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика